Dolní Lutyně
Dolní Lutyně | |
---|---|
Munitsipalitet | |
49°53′55″N 18°25′41″E / 49.89861°N 18.42806°E | |
Mamlakat | Chexiya |
Viloyat | Moraviya-Sileziya |
Tuman | Karviná |
Asos solingan | 1305 |
Maydon | 24.88 km2 (9.61 kv mi) |
Markazi balandligi | 202 m |
Aholisi (2024-01-01) |
5 315 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Pochta indeks(lar)i | 735 53 |
Dolní Lutyně (polyakcha: Lutynia Dolna, nemischa: Deutsch Leuten , Nieder Leuten) – Chexiya Respublikasi Moraviya-Sileziya viloyatining Karvina tumanida joylashgan munisipalitet. Munitsipalitetda (01.01.2024) holatiga koʻra 5300 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Maʼmuriy qismlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Věřňovice qishlogʻi Dolni Lutinening maʼmuriy qismidir.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dolní Lutyně – Karvinádan taxminan 8 kilometr (5 mi) shimoli-gʻarbda, Ostravadan esa 10 km (6 mi) shimoli-sharqda Polsha bilan chegarada joylashgan. Ostrava havzasi, Cieszyn Sileziyaning tarixiy yodgorligi hisoblanadi. Munitsipalitetning chegaraviy hududini Olza daryosi tashkil qiladi. Qum karyerini suv bosishi natijasida yaratilgan bir nechta suv havzalari va sunʼiy koʻllar mavjud.
Olza daryosi atrofida ikkita tabiat yodgorliklari boʻlgan sohilboʻyi oʻrmonlar mavjud. Bular Věřňovice[1] va Niva Olše – Věřňovice[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq Orlová monastiridagi Benediktin rohiblari tomonidan asos solingan deb tahmin qilinadi. Munitsipalitet Yuqori Sileziya davlat tarkibida 13-asr oxirida yirik aholi punktlaridan biri sanalgan. Lutyně haqida birinchi yozma maʼlumot 1305-yilda Vrotslav yeparxiyasining Liber fundationis episcopatus Vratislaviensis deb nomlangan lotincha hujjatida Luthina nomi bilan yozilgan[3].
Siyosiy jihatdan qishloq dastlab Teschen gersogligiga tarkibida boʻlgan, lekin 1526-yildan keyin Gabsburg monarxiyasi tarkibiga kiritilgan.
Ulkan munitsipalitetlar keyinchalik XIV asrda ikki qardosh aholi punktlariga boʻlinadi. Dolni Lutyně oʻsha paytda asrlar davomida „nemis“ (Theutonicum), ikkinchisi esa „Polsha“ (Polonicum) nomi bilan mashhur boʻlgan. Hozirgi vaqtga kelib Orlovada Lutyně nomi bilan tanilgan. 1450-yilda ular birgalikda Lutynie utrumque Theutonicum et Polonicum sifatida tilga olingan[4].
Germaniyada Lutyné katolik cherkovining oʻrinbosariga aylanadi.1447-yilda Peter’s Pence (toʻgʻridan-toʻgʻri katolik cherkovlarga qilingan xayr-ehsonlar yoki toʻlovlar) roʻyxatida Teschen davlatidagi 50 ta cherkovlar orasida munitsipalitet Lutina nomi bilan qayd etilgan[5].
1700-yildan boshlab Lutine Taaffe graflarining mulki boʻlib, u yerda yozgi qarorgoh sifatida barokko uslubida qal’a qurdiradi. 1792-yilda munitsipalitet Lutine Moennich oilasi tomonidan sotib olinadi va munitsipalitetni iqtisodiy rivojlanishi uchun koʻmir qazib olishni yoʻlga qoʻyadi[6].
Birinchi jahon urush paytida, Polsha – Chexoslovakiya urushi va 1920-yildagi Cieszyn Silesiya shaharlari boʻlinishidan soʻng munitsipalitet Chexoslovakiya davlat tarkibiga kirgan. Myunxen kelishuvidan soʻng, 1938-yil oktyabr oyida Trans-Olza mintaqasi bilan birgalikda Polsha davlati tomonidan qoʻshib olinadi va maʼmuriy jihatdan Silesiya Voivodligining Frysztat okrugi tashkil etiladi[7]. Keyinchalik, Ikkinchi jahon urushi boshida qishloq natsistlar tomonidan bosib olinadi. Urushdan keyin munitsipalitet Chexoslovakiya tarkibiga qaytarildi.
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilgimaʼlumotlarga koʻra polshaliklar umumiy aholining 3,7% tashkil etgan[8].
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1869 | 2 334 | — |
1880 | 2 748 | +17.7% |
1890 | 3 127 | +13.8% |
1900 | 3 914 | +25.2% |
1910 | 4 724 | +20.7% |
1921 | 4 884 | +3.4% |
1930 | 5 447 | +11.5% |
1950 | 4 588 | −15.8% |
1961 | 4 893 | +6.6% |
1970 | 4 880 | −0.3% |
1980 | 4 726 | −3.2% |
1991 | 4 469 | −5.4% |
2001 | 4 771 | +6.8% |
2011 | 4 966 | +4.1% |
2021 | 5 050 | +1.7% |
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]D1 avtomobil yoʻli shahar hududining shimoliy qismidan oʻtadi. Magistral yoʻlda Věřňovice (D1) / Gorzyczki orqali Polshaga olib boradigan avtomagistral yoʻlda chegara oʻtqazish punkti mavjud. Chesky Těšín dan Bohumingacha boʻlgan I/67 yoʻli munitsipalitet hududidan oʻtadi.
Dolní Lutyně Ostrava – Mosty Jablunkova va Petrovice Karviné – Mošnov temir yoʻl liniyalarida joylashgan[9].
Diqqatga sazovor joylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]John the Baptist katolik cherkovi 1740-1746 yillarda barokko uslubida eski yogʻoch cherkov oʻrnida qurilgan. Yangi cherkovdan ham eskiroq boʻlgan Avliyo John Nepomuk haykali oʻrnatilgan asl cherkovning koʻrinishi saqlanib qolgan. Qoʻngʻiroq minorasida 15-asr oxiri yoki 16-asr boshlarida noyob Uygʻonish qoʻngʻirogʻi mavjud[10].
Tarixiy yodgorliklar qatorida 1805-yilda qurilgan omborxona ham saqlanib qolgan[6].
Sobiq barokko qal’asi faqat qisman saqlanib qolgan va hozirgi kunda cherkov tashlandiq holatga kelib qolgan[6].
Taniqli odamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rudolf Paszek (1894-1969), polshalik oʻqituvchi va siyosatchi
Qardosh shaharlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Desítky druhů ptáků, savců a teplomilná květena. I to je Přírodní památka Věřňovice“ (cs). Czech Radio (2019-yil 2-iyul). Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
- ↑ „Niva Olše-Věřňovice“ (cs). Moravian-Silesian Region. Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
- ↑ Panic, Idzi. Śląsk Cieszyński w średniowieczu (do 1528) (pl). Cieszyn: Starostwo Powiatowe w Cieszynie, 2015 — 297–299, 430-bet. ISBN 978-83-935147-8-6.
- ↑ Mrózek, Robert. Nazwy miejscowe dawnego Śląska Cieszyńskiego (pl). Katowice: University of Silesia in Katowice, 1984 — 108–109-bet.
- ↑ "Registrum denarii sancti Petri in archidiaconatu Opoliensi sub anno domini MCCCCXLVII per dominum Nicolaum Wolff decretorum doctorem, archidiaconum Opoliensem, ex commissione reverendi in Christo patris ac domini Conradi episcopi Wratislaviensis, sedis apostolice collectoris, collecti" (de). Zeitschrift des Vereins für Geschichte und Alterthum Schlesiens (Breslau: H. Markgraf) 27: 361–372. 1893. Archived from the original on 21 September 2013. https://web.archive.org/web/20130921204915/http://www.sbc.org.pl/dlibra/docmetadata?id=15085&from=publication. Qaraldi: 21 July 2014.Dolní Lutyně]]
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „Historie“ (cs). Obec Dolní Lutyně. Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.„Historie“ (in Czech).
- ↑ "Ustawa z dnia 27 października 1938 r. o podziale administracyjnym i tymczasowej organizacji administracji na obszarze Ziem Odzyskanych Śląska Cieszyńskiego" (pl). Dziennik Ustaw Śląskich (Katowice) 18/1938, poz. 35. 31 October 1938. http://www.sbc.org.pl/dlibra/plain-content?id=6949. Qaraldi: 1 July 2014.Dolní Lutyně]]
- ↑ „Population Census 2021: Population by selected ethnicity“. Public database. Czech Statistical Office (2021-yil 27-mart).
- ↑ „Detail stanice Dolní Lutyně“ (cs). České dráhy. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
- ↑ „O kostele“ (cs). Farnost Dolní Lutyně. Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
- ↑ „Přeshraniční spolupráce obcí Dolní Lutyně, Gorzyce a Godów“ (cs). Dolnolutyňské noviny. Obec Dolní Lutyně (2018-yil noyabr). Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Dolní Lutyně haqida turkum mavjud |