Doctor Strange in the Multiverse of Madness

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Doctor Strange in the Multiverse of Madness

Film posteri
Rejissyor(lar) Sam Raimi
Prodyuser(lar) Kevin Feige
Ssenariynavis(lar)
Qaysi asarga
asoslangan
Rollarda
Bastakor(lar) Danny Elfman
Kinematografiya John Mathison
Studiya(lar) Marvel Studios
Distribyutor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 6-may, 2022-yil(2022-05-06) (AQSh)
Davomiyligi 126 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $200 million
Daromadi $955.7 million[1][2]

Doctor Strange in the Multiverse of Madness (tarjimasi „Doktor Strange telbalik multiolamida“) 2022-yili ekranlarga chiqqan superqahramonlar haqidagi film boʻlib, Sam Raimi tomonidan suratga olingan. Marvel Comics nashriyotidan tushirilgan Doktor Strange personajiga asoslangan. Marvel Studios tomonidan ishlab chiqarilgan hamda Walt Disney Studios Motion Pictures distributor kompaniyasi tomonidan tarqatilgan. Film Doktor Strange (2016) ning sikveli boʻlib, Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning 28-toʻliq hajmli filmi sanaladi.

Doctor Strange in the Multiverse of Madness premyerasi AQShda 2022-yil 6-mayda boʻldi. Film umumjahon boʻylab $955 million jamgʻardi va 2022-yilning 3chi eng kassabop filmiga aylandi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

America Chavez va Stephen Strangening alternativ versiyasi Vishanti kitobini axtarar ekan, olamlar orasidagi boʻshliqda ularni iblis taʼqib etadi. Iblis Strangeni oʻldiradi, Chavez esa tasodifan portal ochib, oʻzini va Strangening murdasini Yer-616ga transportatsiya qiladi. U yerda Strangening shu olamdagi versiyasi Chavezni Oliy sehrgar Wong koʻmagida boshqa bir iblisdan qutqarib qoladi. Soʻngra, Chavez uni iblislar taʼqib qilayotgani, chunki multiolamlar uzra sayohat qilish qobiliyatiga sohib ekanligini Strangega ochiqlaydi.

Jodugarlik runalarini tanigan Strange yordam soʻrab Wanda Maximoffning oldiga boradi, keyinchalik tushunadiki, barcha hujumlar orqasida Wandaning oʻzi turibdi. Darkhold kitobiga sohib boʻlib, Scarlet Witch („Qizil jodugar“) ga aylanganidan keyin Maximoff Chavezning qobiliyatini oʻzlashtirish unga Westview shahrida[izoh 1] yaratgan Billy va Tommy ismli bolalari bilan birga boʻlish imkonini beradi, deb ishonadi. Strange Chavezni unga berishni rad etganidan soʻng Maximoff Kamar-Tajga hujum qilib, u yerdagi koʻplab sehrgarlarni oʻldiradi. Chavez yana tasodifan portal ochib, oʻzini va Strangeni Yer-838 ga transportatsiya qilib yuboradi. Maximoff „roʻyo kezish“ uchun Darkholddan foydalanadi hamda Billy va Tommy bilan birga yashayotgan Yer-838 dagi oʻzi ustidan nazoratni oladi. Boshqa tomondan, omon qolgan bir sehrgar Darkhold kitobini yoʻq qilish va roʻyokezarlikni buzish uchun oʻzini qurbon qiladi. Keyin, Maximoff Wongni Darkhold kitobi kuchi manbai boʻlgan Wundagore togʻiga olib borishga majbur qiladi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cumberbatch va Olsen 2019-yilgi San Diego Comic-Conda

Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmga Danny Elfman bastakorlik qildi. Dastlab, loyihada Michael Giacchino bastakor oʻlaroq qatnashishi rejalashtirilgan boʻlgan.

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Westview (talaffuzi: Uestvyu) New Jersey shtatidagi shahardir. Maximoff bu shaharda anomaliya yaratib, shahar aholisi ongini nazorat qilgan, shahardagi obyektlarni esa molekulyar darajada oʻzgartirgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Doctor Strange in the Multiverse of Madness. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 6-may 2022-yil.
  2. Doctor Strange in the Multiverse of Madness. The Numbers. Nash Information Services, LLC. Qaraldi: 6-may 2022-yil.
  3. Kit, Borys „Scott Derrickson Returning to Direct 'Doctor Strange' Sequel (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (11-dekabr, 2018). 11-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-dekabr, 2018.
  4. Donnelly, Matt „'Doctor Strange' Sequel Billed as First MCU Horror Film at Comic-Con“. Variety (20-iyul, 2019). 21-iyul, 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul, 2019.
  5. Vary, Adam B.; Kroll, Justin „Sam Raimi in Talks to Direct 'Doctor Strange 2' (Exclusive)“. Variety (5-fevral, 2020). 6-fevral, 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-fevral, 2020.
  6. Kroll, Justin „Rachel McAdams Returning For 'Doctor Strange In The Multiverse Of Madness'“. Deadline Hollywood (10-dekabr, 2020). 10-dekabr, 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-dekabr, 2020.
  7. Davis, Brandon „Doctor Strange 2: Chiwetel Ejiofor Excited For Sam Raimi With Multiverse Of Madness“. ComicBook.com (25-iyun, 2020). 25-iyun, 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyun, 2020.
  8. Kroll, Justin „'Doctor Strange 2': 'Baby-Sitters Club' Star Xochitl Gomez Joins Benedict Cumberbatch In Next Installment“. Deadline Hollywood (16-oktabr, 2020). 16-oktabr, 2020da asl nusxadan arxivlangan.
  9. Romano, Nick „Doctor Strange sequel confirms cast, will tie into Spider-Man 3. Entertainment Weekly (10-dekabr, 2020). 11-dekabr, 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-dekabr, 2020.
  10. Dinh, Christine „'Doctor Strange In The Multiverse of Madness': Sequel Introduces America Chavez, Sam Raimi Directing“. Marvel.com (10-dekabr, 2020). 11-dekabr, 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-dekabr, 2020.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]