Benedict Cumberbatch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Benedict Cumberbatch

Cumberbatch 68-Venetsiya kinofestivalida, sentabr 2011
Tugʻilgan paytidagi ismi Benedict Timothy Carlton Cumberbatch
Tavalludi sanasi 19-iyul 1976 (1976-07-19) (42 yosh)
Tavallud joyi Hammersmith, London, Angliya
Kasbi aktor
IMDb ID 1212722

Benedict Timothy Carlton Cumberbatch (talaffuzi: Benedikt Timoti Karlton Kamberbetch; t. 19-iyul 1976) ingliz kino, televideniye, teatr va ovoz aktoridir.

Uning eng eʼtiborli rollariga BBC kanalining Hawking dramasidagi Stephen Hawking (2004), BBC/PBS mahsuloti Sherlock serialidagi Sherlock Holmes, Star Trek Into Darkness filmidagi Khan Noonien Singh (2013), The Fifth Estate filmidagi Julian Assange (2013) kiradi. Cumberbatch 2014-yili chiqadigan The Imitation Game tarixiy drama filmida harbiy kriptograf va matematik Alan Turing rolini ijro etadi.[1]

U Olivier mukofoti, toʻrtta BAFTA nomzodligi, ikkita Emmy nomzodligi va Golden Globe nomzodliklariga erishgan.

2013-yil sentabrida Cumberbatch Yil artisti Britannia mukofotini oldi.[2][3]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]