Scarlet Witch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Scarlet Witch

Rassom Frank Cho
Nashr haqida maʻlumot
Nashriyot Marvel Comics
Birinchi namoyish The X-Men #4 (1964-yil mart)
Yaratuvchi(lar) Stan Lee
Jack Kirby
Qahramon haqida
Doimiy ismi Wanda Marya Maximoff
Boshqa nomlari Wanda Frank
Turi inson—mutant
Tug‘ilgan joyi Transia
Qobiliyati
  • Ilmiy jihatdan takomillashtirilgan sehrli qobiliyatlar[1]
  • Haqiqatni bilish[2]
  • Ehtimollar bilan manipulyatsiya
  • Teleportatsiya[3]
  • Vaqt manipulatyatsiyasi[4]
  • Energiya va materiya manipulyatsiyasi[5]
Do‘st va dushmanlari tarixi
Sheriklari

Scarlet Witch (Wanda Maximoff (talaffuzi: Vanda Maksimoff)) Marvel Comics nashriyoti tomonidan nashr etilgan hamda Amerika komikslarida paydo boʻlgan xayoliy superqahramondir. Personajni yozuvchi Stan Lee va rassom Jack Kirby yaratishgan. Bu personaj ilk marotaba Komikslar kumush asrida, The X-Men #4 (1964-yil mart oyi) komiksida uchraydi. Ushbu qahramon dastlab egizak ukasi Quicksilver bilan birga Brotherhood of Mutants (Mutantlar birodarligi) ning asoschisi sanalmish superyovuz sifatida tasvirlangan. Scarlet Witch haqiqatni nomaʼlum tarzda oʻzgartirish qobiliyatiga ega boʻlgan kuchli sehrgardir. Scarlet Witch personaji keyinchalik Qasoskorlar superqahramonlar jamoasining doimiy aʼzosi sifatida aks etgan. Bundan tashqari, u boshqa superqahramon va jamoadoshi — Visionning rafiqasi boʻlib, ularning Thomas va William ismli ikki farzandi mavjuddir.

Wanda Maximoff/Scarlet Witch personajini Qasoskorlar: Ultron davri (2015), Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi (2016), Qasoskorlar: Abadiyat jangi (2018) va Qasoskorlar: Intiho (2019) kabilarni oʻz ichiga olgan superqahramon janridagi Marvel Kinematografiya Koinoti filmlari hamda Disney+ tomonidan efirga uzatilgan WandaVision mini-serialida Elizabeth Olsen jonlantirgan.

Manbalar[tahrir]

Bibliografiya[tahrir]

Havolalar[tahrir]