Dmitriy Jukovskiy
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Dmitriy Vladimirovich Jukovskiy | ||
Tavallud sanasi | 2-aprel 1973-yil | ||
Tavallud joyi |
Теrmiz, Oʻzbekiston SSR, ![]() ![]() | ||
Vafot sanasi |
16-iyul 2004-yil (31 yoshda) | ||
Vafot joyi |
Vladimir, ![]() | ||
Boʻyi | 178 sm | ||
Ampluasi | himoyachi, yarimhimoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1991 1993 1994—1999 1996 1999—2000 |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
(? (?) 34 (0) 26 (0) 131 (1) havaskor 31 (0)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Dmitriy Vladimirovich Jukovskiy (1973-yil — aprel, Termiz — 2004-yil 16- iyul, Vladimir) — sovet va rus futbolchisi, himoyachi va yarimhimoyachi.
Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dmitriy Jukovskiy 1973-yil 2-aprelda Oʻzbekiston SSR Surxondaryo viloyati Termiz shahrida (hozirgi Oʻzbekistonda) tugʻilgan.
Jukovskiy himoyachi va yarimhimoyachi sifatida futbol oʻynagan. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi aʼzosi boʻlgan. 1991-yilda Toshkent viloyatining „Sverdlovets“ jamoasi safida SSSR chempionati ikkinchi quyi ligasida oʻynagan, 34 ta oʻyin oʻtkazgan[1].
1993-yil Andijonning „Navroʻz“ jamoasi safida Oʻzbekiston chempionatida ishtirok etib, 26 ta oʻyinda maydonga tushgan[1].
Keyinchalik u Vladimirning „Torpedo“ jamoasiga oʻtgan. Dmitriy 1994-yilda birinchi ligada 36 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. 1995-yilda ikkinchi ligada 32, 1996-yilda uchinchi ligada 6 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1996-yilgi mavsumning bir qismini „Kovrovts“[1] tarkibida Vladimir viloyati chempionatida oʻtkazgan.
1997-yilda uchinchi ligada yana „Torpedo“ jamoasi oʻyinchisi sifatida 35 ta oʻyin oʻtkazgan. Keyingi ikki mavsumni vladimirliklar bilan ikkinchi ligada oʻtkazdi va mos ravishda 9-va 13-uchrashuvlarda maydonda tushgan.
Dmitriy Jukovskiy 2000-yil va 99-mavsumning bir qismini Urenning „Energetik“ jamoasi bilan ikkinchi ligada oʻtkazgan va mos ravishda 12-va 19-oʻyinlarda maydonga tushgan[1].
Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, hakam[1] boʻlgan.
Dmitriy Jukovskiy 2004-yil 16-iyulda Vladimirda vafot etgan.