Dmitriy Alekseevich Vvedenskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vvedenskiy Dmitriy Alekseevich (11887.3(6).1—1956.11.9) — urolog; Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1947), professor (1934), tibbiyot fanlari doktori (1942). Moskva universitetini tugatgan (1911). Oʻrta Osiyo davlat universiteti tibbiyot fakulteti urologiya kafedrasi professor (1934— 56). Urologiyaning turli sohalarida, xususan siydik yoʻllari kasalliklarini aniqlashda rentgen nurlaridan foydalanish, jarrohlik yoʻli bilan davolash usulini takomillashtirish ustida tadqiqotlar olib borgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil