Django

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Django logosi

Django[1] — Pythonga asoslangan bepul va ochiq manbali web-freymvork boʻlib, u model-template-view (MVC) arxitektural namunaga amal qiladi.[2][3] Uni Django Software Foundation (DSF), 501(c)(3) nodavlat tashkilot sifatida tashkil etilgan Amerika mustaqil tashkiloti qoʻllab-quvvatlaydi.

Djangoning asosiy maqsadi maʼlumotlar bazasiga asoslangan murakkab web-saytlarni yaratishni yengillashtirish hisoblanadi. Ushbu freymvork komponentlarning qayta ishlatilishi va „ulanishi“, tez rivojlanishi va oʻzingizni takrorlamaslik tamoyiliga urgʻu beradi.[4] Python, hatto sozlash fayllari va maʼlumotlar modellari uchun ham qoʻllaniladi. Django shuningdek, yaratish, oʻqish, yangilash va oʻchirish uchun qoʻshimcha admin interfeysini taqdim etadi, bu introspeksiya orqali dinamik ravishda yaratiladi hamda boshqaruv modellari yordamida sozlanadi.

Djangodan foydalanadigan baʼzi taniqli saytlarga PBS,[5] Instagram,[6] Mozilla,[7] The Washington Times,[8] Disqus,[9] Bitbucket[10] va Nextdoor[11] kiradi.

Django ning yaratuvchilari[tahrir]

Django soʻzining oʻzi esa fransuz jaz musiqachisi Reynxard Django sharafiga qoʻyilgan. Uning asl ismi Jan Batist Renart boʻlib, taxallusi Django boʻlgan. Bu soʻz sigan tilida „men uygʻondim“ degan maʼnoni anglatadi (ing. I awake).

Django backend vositasi sifatida[tahrir]

Maʼlumki, web-saytlar yaratish bir necha bosqichdan iborat boʻlgan murakkab jarayon boʻlib, turli xil dasturiy vositalarni talab qiladi. Eng avval yaratilajak saytning dizayni yaratiladi. Bunda dizayner photoshop dasturini ishlatib, saytning maketini ishlaydi. Keyin esa frontend mutaxassisi ushbu saytning html kodini yozadi, turli vizual effektlar beradi. Kerakli sahifalar va tugmalarni yaratadi. Shundan soʻng estafeta tayoqchasini backend mutaxassisi oladi. U server va foydalanuvchi oʻrtasidagi muloqotni hamda ma'lumotlar bazasi ishini yoʻlga qoʻyadi. Aynan mana shu bosqichda djangoning yordamidan foydalanishimiz mumkin. Yaʼni server bilan aloqani yoʻlga qoʻyish, maʼlumotlar bazasidan kerakli maʼlumotni chiqarish yoki biron maʼlumotni bazaga kiritish kabi vazifalarni bajaradi.

Django ni kompyuterga oʻrnatish[tahrir]

Django ni oʻrnatish uchun, kompyuterga birinchi navbatda python oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Shundan soʻng quyidagi buyruq orqali django oʻrnatiladi:

     pip install django


Shundan soʻng, bemalol yangi loyiha yaratishni boshlash mumkin. Buning uchun, quyidagi buyruqdan foydalanamiz:

    django-admin startproject proyekt nomi


Shunda proyekt nomi nomli papka avtommatik tarzda yaratiladi. Uning ichida manage.py fayli va proyekt nomi deb nomlangan yana bitta papka hosil boʻladi. Aynan manage.py fayli django bilan ishlashda eng muhim fayl hisoblanadi. U orqali eng muhim buyruqlar bajariladi. Masalan, yaratgan proyektimizni ishga tushirib koʻraylik. Buning uchun

    cd proyekt-nomi


buyrugʻini berib, kerakli papkaning ichiga kiramiz. Shundan soʻng, manage.py faylini ishga tushiramiz:

    python manage.py runserver



Manbalar[tahrir]

  1. FAQ: General - Django documentation - Django. 30 April 2016.
  2. FAQ: General - Django documentation - Django. 30 April 2016.
  3. Adrian Holovaty, Jacob Kaplan-Moss. The Django Book. “Django follows this MVC pattern closely enough that it can be called an MVC framework” 
  4. Design Philosophies. Django. 18 March 2018.
  5. 20 Creative Websites Running Django.
  6. What Powers Instagram: Hundreds of Instances, Dozens of Technologies.
  7. Python. Mozilla Developer Network. 30 April 2016.
  8. Opensource.washingtontimes.com. Retrieved on 2014-05-30.
  9. Scaling Django to 8 Billion Page Views.
  10. DjangoSuccessStoryBitbucket – Django. 30 April 2016.
  11. The anti-Facebook: one in four American neighborhoods are now using this private social network. The Verge. 16 June 2016.

Havolalar[tahrir]