Discovery Gardens

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Discovery Gardens

ديسكفري جاردنز
Mahalla
Skyline of Discovery Gardens
25°2′14.6″N 55°8′41.3″E / 25.037389°N 55.144806°E / 25.037389; 55.144806 G OKoordinatalari: 25°2′14.6″N 55°8′41.3″E / 25.037389°N 55.144806°E / 25.037389; 55.144806 G O
Mamlakat Birlashgan Arab Amirliklari
Amirlik Dubay amirligi
Shahar Dubay
Asos solingan 2008
Zichligi auto kishi/km2
Discovery Gardens xaritada
Discovery Gardens
Discovery Gardens

Discovery Gardens (arabcha: ديسكفري جاردنز) – Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri Jebel Ali tumanida joylashgan mahalla[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Discovery Gardens Jebel Ali tumanining shimoliy qismini tashkil qiladi. Jebel Ali qishlogʻi 1977-yilda qurilish pudratchilari xodimlarini turar-joy bilan taʼminlash maqsadida qurilgan[2]. Bu vaqtda Shayx Rashid bin Said al-Maktum Jebel Alini oʻz aeroporti (hozirgi al-Maktum xalqaro aeroporti), port (hozirgi Jebel Ali porti) va shaharchasi (hozirgi Jebel Ali shaharchasi) boʻlgan sanoat hududiga aylantirishni rejalashtirgan edi. Hudud William Halcrow va Partner loyihasi asosida samarali ravishda Britaniya uslubidagi kichik bogʻ shahriga aylantirilgan[3][3][4].

Ushbu hududning keyingi loyihasi 2008-yildan boshlab Nakheel Properties[5] tomonidan ishlab chiqilgan[6]. Jumladan, 2013-yilda hudud seldan zarar koʻradi[7]. COVID-19 pandemiyasi davrida aholi va tijorat obyektlari tomonidan toʻlanadigan ijara haqidan voz kechilgan[8].

Manzili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Discovery Gardens Dubayning janubiy chekkasida Shayx Zayd yoʻli va Amirlik yoʻli oʻrtasida joylashgan[6]. Hudud al-Furjan, janubda Jebel Ali qishlogʻining asosiy hududi va The Gardens mahallalariga yaqin. Discovery Gardens, shuningdek, Expo 2020 oʻtkaziladigan joyga ham yaqin hudud hisoblanadi[9]. Atrofini oʻrab turuvchi bogʻlar tufayli ham Discovery Gardens „Yangi Dubayning eng yashil hududi“ deya taʼriflangan[10].

Discovery Gardensda 300 ga yaqin bino, jumladan, 26 mingdan ortiq xonadon, 200 ta chakana savdo doʻkonlari va uchta tibbiyot punkti faoliyat koʻrsatadi[1].

Madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda chop etilgan „Desperate in Dubai“ (Dubaydagi umidsizlik) romanida[11] va 2019-yilda chop etilgan „Temporary Cities: Resisting Transience in Arabi“ (Vaqtinchalik shaharlar: Arabistondagi oʻtkinchilikka qarshi turish) kitoblarida hudud nomi tilga olingan[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Discovery Gardens“. AreaGuides. Bayut. Qaraldi: 2021-yil 25-may. „Discovery Gardens“. AreaGuides. Bayut. Retrieved 25 May 2021.
  2. „Jebel Ali Village 1978“. Dubai as it used to be. Qaraldi: 2021-yil 28-dekabr.
  3. 3,0 3,1 Ramos, Stephen J.. „Sinews of Growth: Generative Infrastructural Urbanism in Dubai“. UAE: Dubai School of Government (2008-yil may). Qaraldi: 2021-yil 29-dekabr.
  4. Ramos, Stephen J.. Dubai Amplified: The Engineering of a Port Geography. Taylor & Francis, 2016. ISBN 978-1317147619. 
  5. „Nakheel's Al Furjan, Discovery Gardens line up for Dubai Metro extension benefits“. Gulf News (2020-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  6. 6,0 6,1 „Discovery Gardens: District, Jebel Ali District, Dubai“. Propsearch. Qaraldi: 2021-yil 25-may. „Discovery Gardens: District, Jebel Ali District, Dubai“. Propsearch. UAE. Retrieved 25 May 2021.
  7. de Leon, Janice Ponce. „Floods hit Gardens, Discovery Gardens in Dubai“. Gulf News (2013-yil 11-avgust). Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  8. Godinho, Varun. „Dubai Discovery Gardens’ tenants to receive rent deferrals, waivers“. Gulf Business (2020-yil 27-aprel). Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  9. Clarke, Kelly. „Living in Dubai: Five affordable areas to rent along Dubai Metro Route 2020“. The National (2020-yil 30-mart). Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  10. Haziq, Saman. „Discovery Gardens: The greenest area of New Dubai“. Khaleej Times (2018-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  11. Al Hakawati, Ameera. Desperate in Dubai. Random House Publishers, 2011. ISBN 978-8184002317. 
  12. Elsheshtawy, Yasser. Temporary Cities: Resisting Transience in Arabia. Taylor & Francis, 2019. ISBN 978-0429855917.