Difeniloksid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Difeniloksid, difenil-efir (C6H5)2O. — rangsiz kristall modda. Mol. m. 170,21. Suyuqlanish temperaturasi 28—29°, qaynash temperaturasi 259,3°; zichligi 1075 kg/m3. Suvda deyarli erimaydi, benzol, muz holdagi sirka kislota, etanolda yaxshi eriydi. S6N5S1 bilan C6H5ONa ni mis ishtirokida qizdirish orkali olinadi. Past temperaturada suyuqlanishi, termik va kimyoviy barqarorligi sababli D.ning difenil bilan aralashmasi (difenil aralashmasi, dinil, dauterm A) yoki naftalin bilan aralashmasi (dauterm V) issiqlik oʻtkazuvchi modda sifatida ishlatiladi. D. xushboʻy modda sifatida ham qoʻllaniladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil