Naftalin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Naftalin (yun. naphtha — neft), S|0N8 — aromatik uglevodorod; konden-satlangan 2 ta benzol halqasidan tu-zilgan. Rangsiz, oʻziga xos hidli plastinkasimon kristall. Mol. m. 128,2, suyuqlanish temperaturasi 80,3°, qaynash temperaturasi 218°. Zaharli, zichligi 1025 kg/m3. Suvda oz, spirt, efir, benzolda yaxshi eriydi. Toshkoʻmir chirki (dyogoti)dan olinadi. N. koʻpgina organik yarim mahsulotlar, boʻyagichlar (naftollar, naftilaminlar va ularning sulfokislotalari), plastifikatorlar, suyultirgichlar, sirt faol moddalar va boshqa olishda boshlangʻich mahsulot hisoblanadi. N.ning yaqin gomologlaridan — metilnaftalinlar oʻsimliklarning oʻsish regulyatorlari sifatida, polimetilnaftalin insektitsid sifatida, N.ning sulfokislota tuzlari emulʼgatorlar sifatida ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil