Detonator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Detonator (lot. detonare — portlamoq) — artilleriya va b. qurolyaroqlarda asosiy zaryadni, shuningdek, yer qazish ishlarida yerga koʻmilgan zaryadni portlatuvchi modda. Ishlash tarzi detonatsiya kapsulalari va shnurlarida qoʻllaniladigan oson portlovchi moddaning boshqa moddalarni kuchli portlatishi xossasiga asoslangan. Termoyadro qurollarida plutoniy, uran izotoplari D. sifatida ishlatiladi. Bu izotoplar portlaganda termoyadro reaksiyasi hosil qilish uchun zarur boʻladigan bir necha oʻn mln. daraja harorat vujudga keladi. Bunday D. tuzilishi jihatdan umumiy atom zaryadi (bombasi)dan deyarli farq qilmaydi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil