Mexanik kuchlanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mexanik kuchlanish - deformatsiyalangan (siqilgan, choʻzilgan va boshqalar) qattiq jism koʻndalang kesimining yuza birligiga toʻgʻri keladigan elastiklik kuchi. Ushbu S = —i£- tenglik bilan ifodalanadi, bunda Gʻe1 — elastiklik kuchi, S— yuza. Deformatsiyalanish jarayonida qattiq jismni tashkil etuvchi zarralar — atom va molekulalarning maʼlum qismi bir-birlariga nisbatan siljiydi. Bunday siljishga qattiq jism tarkibidagi zaryadlangan zarralar orasidagi elektromagnit kuchlari qarshilik koʻrsatadi. Natijada deformatsilanayotgan qattiq jismda miqdor jihatdan tashqi qoʻyilgan kuchga teng , unga qaramaqarshi yoʻnalgan ichki kuch — elastiklik kuchi vujudga keladi. Xususiy holda bir tomonlama choʻzilish (yoki siqilish)dan iborat de-formatsiyalar uchun Mexanik kuchlanish 8 ning nisbiy uzayish ye ga bogʻliqligi Guk qonuni orqali bunday ifodalanadi: 5 = Yeye, bunda Ye ~ oʻzgarmas kattalik; u deformatsiyalanayotgan sterjenning materialiga va fizik holatiga bogʻliq. Tajribalar 8 ning ye ga chiziqli bogʻlanishi faqat elastik deformatsiyaning kichik qiymatlarida aniq bajarilishini koʻrsatadi.

Nisbiy uzayishning nisbatan katta qiymatlarida va, ayniqsa, noelastik deformatsiya vujudga kelganida chiziqli boglanishdan chetlanishi kuzatiladi. Rasmda polipropilen sterjenning temperaturasi 245 K ga teng boʻlgan holati uchun Mexanik kuchlanish bilan nisbiy uzayish orasidagi bogʻlanish grafigi keltirilgan. Bu bogʻlanishni uch qismga boʻlish mumkin: 0 dan a gacha boʻlgan qismda chiziqli bogʻlanish toʻla bajariladi, bunda nisbiy uzayish bir necha foizdan oshmaydi, a dan ʼ gacha oraliqda chiziqli bogʻlanishdan chetlashish kuzatiladi, ammo bunda ham yuqori elastik deformatsiya sodir boʻlib, nisbiy uzayish bir necha yuz foizga yetib boradi. Bogʻlanishning dan keyingi qismida esa sterjen uziladi. Kuzatilayotgan jismdagi Mexanik kuchlanish faqat shu jismga boshqa jismlarning bevosita taʼsiri natijasidagina emas, balki traning oʻzgarishi, elektr yoki magnit maydoni taʼsiri, jismning bir fazadan ikkinchi fazaga utishi va boshqa tufayli vujudga kelishi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil