Depozit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Depozit (lot. depositum — omonat, asrab qoʻyilgan) — 1) bankka qoʻyilgan omonatlar. Bunday D.larning muddatli (muayyan muddatdan soʻng qaytarib beriladigan) va talab qilib olinadigan (omonat egasining birinchi talabi bilan beriladigan) turlari bor. Kredit muassasasi omonatchiga D.ni olish huquqini beruvchi hamda mazkur pul mablagʻining bankka deponent qilinganini tasdiqlovchi yozma guvohnoma — D. sertifikati beradi; 2) bank daftaridagi mijozlarning bankka boʻlgan muayyan talablarini ifodalovchi yoki tasdiklovchi yozuvlar; 3) kredit muassasalariga saklash uchun topshirilgan qimmatli kogʻozlar (aksiya va obligatsiyalar) va pul vositalari; 4) turli muassasalarga talab qilinadigan toʻlovlarni taʼminlash uchun oldindan oʻtkaziladigan badallar.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil