Denov taronasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Denov taronasi

1995-yilgi nashr muqovasi
Muallif(lar) Nasriddin Ismoilov
Muharrir(lar) Ilhom Zoyir, K.Rahmetova/T.Smirnova
Bezovchi(lar) Temur Sayudullaev
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til o'zbek,kirill alifbosi
Janr(lar)i Adabiy-badiiy
Nashr etilgan sanasi 1995-yil
Nashriyot Navro'z nashriyoti
Sahifalar soni 145 bet

Denov taronasi (Denov va denovliklar hayotidan lavhalar) – 1995-yilda Denovlik tarixchi va yozuvchi Nasriddin Ismoilov tominidan, Denovning oʻsha vaqtdagi hokimi Abdualim Boʻriev homiyligida 5000 nusxada nashir etilgan, jami 145 betdan iborat badiy-tarixiy asar.O'zbekiston mustaqillikka erishgach Denov shahri haqida yozilgan ilk asarlardan biri hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozuvchi Nasriddin Ismoilov tumandagi yoshlarga oʻzlari yashayotgan hudud tarixini oʻrganishi uchun u haqida kitob yozishga qaror qiladi.

Denovning 1995 yillardagi hokimi Abdualim Boʻriyev

1948-yilda Denovda tugʻligan yozuvchi Nasriddin Ismoilov bungacha Denov haqida, Umr Daftari, Vatan ramzi - jasorat ramzi, Hovuchimdagi xazina kabi kitoblar va bir qator ilmiy maqolalar yozgan edi. Oldin qilgan ishlarini „Denov taronasi“ kitobiga birlashtiradi. Oʻsha davirdagi Denov tumani hokimi Abdualim Bo'riev hamda boshqa korxona va tashkilotlar rahbarlari yoradmida 1995-yilda Denov taronasi deb nomlangan kitob 5000 nusxada chop etiladi va tumandagi barcha maktablar kutubxonasiga sovgʻa sifatida taqdim qiladi.

Kitobni nashir etgan Navroʻz nashriyoti Toshkent shahrining, Navoiy koʻchasi 30 uyda joylashgan boʻlib, uni Dilshod Qilichning „Turondot“ korxonasida yigʻishgan.

Ilhom Zoirov (maʼsul muharrir), K.Rahmetova (muharrir) va T.Simrnova (texnik muharrir)lar „Denov taronasi“kitobiga muharrirlik qilishgan. Muqova rasmi, rassom Temur Saydullayev tomindan chizilgan. Zarifa Mannonova musahhih sifatida asar yaratilishiga hissa qoʻshgan boʻlib kitob kirill alifbosida yozilgan.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitob muallifi Nasriddin Ismoilov „Mustaqillik yillari“ning boshida, Denov tumanida roʻy bergan voqealarni oʻz asarida tasvirlagan.

"Promenergiyamontaj" boshqarmasi hodimlari

Hamma kitoblarda boʼlgani kabi, „Denov taronasi“ ham muqaddima bilan boshlanadi. Dastlab muallif Denovning koʻhna tarixiga toʻxtalib, shaharning oʻtmishga oid maʼlumotlar keltirgan. Shaharda Sovet davrida qurilgan korxona va tashkilotlarning bugungi holi hamda yangi qurilgan va ochilganlari haqida maʼlumotlar bergan. Shahar aholisining turmushi va madaniyatini ham yozib oʻtgan. Shuningdek Denovning mashhur shaxslari, urush va mehnat faxriylari, adib-yozuvchilari va boshqa atoqli shaxslar haqidagi maʼlumotlarni ham kitobdan topish mumkin. Kitob oxirilarida esa oʻsha davr matbuoti va televideniyalarida Denov va denovliklar haqida berilgan yangiliklar borasida soʻz boradi.

Urush fahriysi Tohir Yusupov va Boborahim baxshi Mamatmurodov

Kitobning beshinchi bobi, 120-betida shunday maʼlumot beriladi: " Denovda 57 ming aholi yashashadi. Yer maydoni 2 113 gektar. Denov shahri ishlab chiqargan mahsulot Surxandaryo viloyati sanoatining 35% ni tashkil etadi. Bu yerda 183 turdagi sanoat mahsuloti tayyorlanadi. Shaharda oʻnta yirik zavod va korxona bor „[1] Soʻngi oltinchi bob „Denov guldastasi“ deb nomlanadi. Ushbu bobda Denovlik shoirlar va adib, yozuvchilarning qisqacha biografiyasi va ijodlaridan bir-necha maʼlumotlar keltiriladi. Jumladan N.Ismoilov ustozi deb bilgan, yana bir denovlik yozuvchi Toshtemir Turdiyev, shoir Chori Yoqubov, Nizomjon Parda va Boborahim baxshi Mamatmurod oʻgʻli singari Denov adabiy muhitiga munosib hissa qoʻshgan ijodkorlar haqida maʼlumotlar berilgan.

Boblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitob muqaddima bilan boshlanadi va olti bobdan iborat. 4-bob "Umr lahzalari" deb nomlangan boʻlib yozuvchi 1997-yilda shu nomli kitobini nashr ettiradi. Boblar quydagicha nomlangan:

  • 1-bob. Tarixga bir nazar.
  • 2-bob. Denov shahridagi korxona va tashkilotlar.
  • 3-bob. Jasorat soʻnmaydi.
  • 4-bob. Umr lahzalari.
  • 5-bob. Matbuot sahifalarida Denov va denovliklar.
  • 6-bob. Denov guldastasi.[2]

Ohrigi bob „Denov Guldastasi“ deb nomlangan boʻlib, keyinchalik Nasriddin Ismoilov 1998-yilda shu nomdagi kitobini yozadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Denov

2. Surxondaryo viloyati

3.Chag'oniyon

4. Toshtemir Turdiyev

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Denov taronasi kitobi/ Nasriddin Ismoilov 1995
  1. “Xalq soʻzi" gazetasi, 1995-yil, 7-yanvar. (Ismat Hudoyor, Tojiddin Razzoq) dan parcha
  2. https://kitobxon.com/oz/kitob/denov-guldastasi