Toshtemir Turdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshtemir Turdiyev (1942-yilda Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi K.Marks kolxoziga qarashli boʻlgan Toʻxtamish qishlogʻida tavallud topgan) — „Doʻstlik“ ordeni sohibi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, filologiya fanlari nomzodi[1].

2022-yilda Turdiyevning 80 yillik yubiley bayrami nishonlangan. Unda viloyat hokimi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘rinbosari Gʻayrat Majid hamda hamkasblari hamda shoir va yozuvchilar ishtirok etdi[2].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshtemir Turdiyev olti yoshligida otasi vafot etadi. U oʻn yoshga yetganda esa onasidan ham ayriladi[1]. Soʻngra Toʻxtamish qishlogʻidagi maktabda 7 yil, keyin Xoʻja soat qishlogʻidagi maktab-inernatini 10-sinfini tamomlaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 B.Qodirov. „Surxandaryo olimlari“, 1990 — 220 bet. 
  2. „RESPUBLIKA MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT MARKAZI“ (2022-yil 12-fevral). Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.