Dennis Eckert

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dennis Eckert
Eckert Celta safida, 2018-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dennis-Yerai Eckert Ayensa
Tavallud sanasi 9-yanvar 1997-yil (1997-01-09) (27 yosh)
Tavallud joyi Bonn, Germaniya
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi Hujumchi, yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Union SG
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2007 SC Pulheim
2007—2011 1. FC Köln
2011—2013 Alemannia Aachen
2013—2016 Borussia Mönchengladbach
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2017 Borussia Mönchengladbach II 4 (0)
2017—2018 Celta B 48 (9)
2018—2019 Celta 9 (0)
2019Excelsior (ijara) 12 (2)
2019—2022 FC Ingolstadt 78 (25)
2022- Union SG 3 (2)
Milliy terma jamoa
2015 Germaniya U19 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(4-sentabr 2022-yil uchun)

Dennis-Yerai Eckert Ayensa (talaffuzi: Dennis Ekkert; 1997-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Royale Union Saint-Gilloise jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi[1].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erta martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eckert Bonnda tugʻilgan. Onasi Galisiyalik va otasi eronlik[2]. „Alemannia Aachen“, 1. FK Koln va SC Pulheim klublarida oʻynaganidan soʻng, 2013-yilda „Borussia Mönchengladbach“ning yoshlar tarkibiga qoʻshildi[3].

Celta Vigo[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 4-iyulida Eckert „Selta de Vigo“ga qoʻshildi va dastlab Segunda B divizionidagi B jamoasida oʻynadi[4]. Asosiy jamoadagi debyutini keyingi yilning 18-avgustida oʻtkazdi. Oʻz maydonida RCD Espanyolga qarshi oʻyinda Maxi Gómezning oʻrniga maydonga tushdi. Oʻyin 1:1 hisobida yakun topdi[5].

Excelsiorga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 31-yanvarida Eckert Eredivisening SBV Excelsior jamoasiga qoʻshildi[6]. 17-fevral kuni FC Emmenga qarshi oʻyinda professional darajadagi ilk golini urdi. Bu gol jamoaga gʻalaba keltirdi (2:1)[7].

Ingolstadt FK[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 2-sentabr kuni FC Ingolstadt Eckert bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[8]. 2019-yilning 15-sentabr kuni klubdagi debyutida gol urib golli uzatma qayd etdi[9]. Eckert mavsumni 30 liga oʻyinida 14 gol bilan yakunladi[10]. Ingolstadt safida 78 liga oʻyinida umumiy 25 gol urgan va 15 golga assistentlik qilgan.

Royale Union Saint-Gilloise[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 20-iyun kuni Eckert 2022—2023-yilgi mavsum oldidan Belgiyaning Union SG jamoasi bilan shartnoma imzoladi[11][12]. 2022-yil 16-iyulda „Feyenoord“ga qarshi mavsumoldi oʻyinida „Union“ safidagi ilk golini kiritdi[13]. Eckert Belgiya ligasidagi debyutini 2022-yilning 23-iyulida Sint-Truidensega qarshi oʻyinda oʻtkazdi[14]. 2022-yilning 9-avgustida UEFA Chempionlar Ligasi saralash bosqichi doirasida Shotlandiyaning „Rangers“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyutini oʻtkazdi[15][12]. Birinchi ligadagi golini 2022-yil 31-avgustda Bosuilstadionda Royal Antwerpga qarshi oʻyinda kiritdi[16].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlar safida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eckert Germaniya U19 terma jamoasida oʻynagan[2].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

27-may, 2021-yilgi holat boʻyicha[12]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Borussia Mönchengladbach II 2015—2016 Regionalliga West 1 0 1 0
2016—2017 3 0 3 0
Jami 4 0 0 0 0 0 0 0 4 0
Celta B 2017—2018 Segunda División B 36 8 4 0 40 8
2018—2019 12 1 0 0 12 1
Jami 48 9 0 0 0 0 4 0 52 9
Celta 2018—2019 La Liga 9 0 1 0 10 0
Excelsior (ijara) 2018—2019 Eredivisie 12 2 0 0 2 0 14 2
FC Ingolstadt 2019—2020 3. Liga 30 14 0 0 2[lower-alpha 1] 0 32 14
2020—2021 24 9 0 0 1[lower-alpha 1] 1 25 10
Jami 54 23 0 0 3 1 57 24
Jami faoliyati 127 34 1 0 0 0 9 1 137 35
  1. 1,0 1,1 Appearances in 2. Bundesliga relegation playoffs

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „DANKE & SERVUS, DENNIS! MITTELSTÜRMER WECHSELT NACH BELGIEN“ (olmoncha). FC Ingolstadt 04 (20-iyun 2022-yil). Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 „Dennis Eckert: Future Team Melli call-up?“.
  3. „Dennis Eckert, el gol como tarjeta de presentación“ (ispancha). La Voz de Galicia (7-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 19-avgust 2018-yil.
  4. „Víctor Pastrana y Dennis Eckert, nuevas incorporaciones del Celta B“ (ispancha). Celta Vigo (4-iyul 2017-yil). Qaraldi: 19-avgust 2018-yil.
  5. „Tablas para ir calentando“ (ispancha). Marca (18-avgust 2018-yil). Qaraldi: 19-avgust 2018-yil.
  6. „Dennis Eckert, cedido al SBV Excelsior de la Eredivisie“ (ispancha). Celta Vigo (31-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  7. „Eckert anota el gol del triunfo del Excelsior“. ElDesmarque Vigo (17-fevral 2019-yil).
  8. „Eckert Ayensa kommt, Kerschbaumer geht: FCI-Personalplanungen abgeschlossen“ (olmoncha). FC Ingolstadt 04 (2-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2019-yil.
  9. „Niederlage trotz Schlussoffensive: Schanzer müssen sich Halle geschlagen geben“. Die Schanzer.
  10. GmbH. „Arminia Bielefeld: Haben die Ostwestfalen Eckert Ayensa im Visier?“. www.ligainsider.de (15-iyul 2020-yil).
  11. @UnionStGilloise. „🔥 𝑫𝒆𝒏𝒏𝒊𝒔 𝑬𝒄𝒌𝒆𝒓𝒕 𝑨𝒚𝒆𝒏𝒔𝒂 📍 Striker🇩🇪 German📆 25 years🟨🟦“ (24-iyun 2022-yil).
  12. 12,0 12,1 12,2 „Germany - D. Eckert - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“.
  13. „Feyenoord Rotterdam vs. Union St.-Gilloise - Football Match Summary - July 16, 2022 - ESPN“.
  14. „Sint-Truidense vs. Union St.-Gilloise - Football Match Summary - July 23, 2022 - ESPN“.
  15. „Rangers-St Gilloise | UEFA Champions League 2022/23“.
  16. „Privacyinstellingen op VI.nl“.