Deniz Tekin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Deniz Tekin
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Hatice Deniz Tekin
1997-yil, 7-iyun
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Musiqachi, gitarachi, bastakor
Janr Bass
Faoliyat yillari 2016—2024
Veb-sayt deniztekin.net

Deniz Tekin (turkcha: Hatice Deniz Tekin; 1997-yil 7-iyun) – turk musiqachisi va qoʻshiqlari muallifi. Uning musiqaga qiziqishi 8 yoshida boshlangan. Deniz Tekin yoshlik paytlaridanoq pianino va nay chalishni boshlagan. U oʻrta maktab yillarida turli mahalliy musiqa guruhlariga qoʻshilib musiqalar ijro etgan. 16 yoshida u kichik kafelarda jonli musiqa ijro etishni boshladi. Shu bilan birga, u turli musiqiy platformalarga Daphead taxallusi ostida oʻz musiqalarini joylab borgan va taniqli qoʻshiqlarga coverlar yaratgan va eʼtiborni tortgan. 2017-yilda u oʻzining birinchi „Kozakuluçka“ studiyaviy albomini chiqargan.

Hayoti va karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Deniz Tekin Turkiyaning Izmir shahrida davlat xizmatchisi oilasida tugʻilgan va yoshlik yillarida Konakda yashagan. Uning ota-onasi stomatologiya sohasida oʻqigan va shu sababli ham Deniz Tekin bolaligini turli viloyatlarda oʻtkazgan. U dastlab oilasi bilan Mardinda yashagan va oʻsha yerdagi boshlangʻich maktabni tugatgan. Keyinchalik oʻrta maktabni Gaziantepada tamomlagan. Deniz Tekinning musiqaga qiziqishi otasining unga eʼtibori bilan pianino va naydan boshlangan.

Deniz Tekin Gaziantepda SoundCloud kabi musiqa almashish platformalarida oʻz musiqalarini joylab borgan va koʻpchilik kuzatuvchilarining eʼtiboriga sabab boʻlgan[1]. Bu davrda uning ijtimoiy tarmoqga joylagan musiqalari YouTubeʼda 1 milliondan 7 million martagacha tinglangan[2][3]. Deniz Tekin yetarli auditoriyani yaratgandan soʻng Istanbul, Anqara, Izmir va Antaliya kabi yirik shaharlarda oʻz konsertlarini oʻtkazgan[4][5][6]. Turkiyalik qoʻshiqchi Kalben 2015-yilda bergan intervyusida Tekinning musiqiy asboblari va ovoziga eʼtibor qaratgan[7]. Deniz Tekin 2017-yilda oʻn toʻqqiz yoshida oʻzining „Kozakuluçka“ birinchi studiyaviy albomini ommaga taqdim etgan. Ushbu albomda u Ahmet Kaya va Yusuf Hayalogʻluning „Beni Vur“ kabi qoʻshiqlarini ham qamrab olgan[8]. Keyinchalik u Can Ozan bilan bir qator duetlarni ijro etgan[9]. 2022-yilda u Geeva Flava va Dilan Balkay bilan birgalikda oʻzining ikkinchi „Mana“ nomli RaIsini yaratish uchun koʻrishadi[10]. Shuningdek, Deniz Tekin 2023-yilda Yaşlı Amca uchun bass musiqa ham ijro etgan[11].

Deniz Tekin 2024-yil 13-fevralda tijoriy musiqa karyerasini tark etishini eʼlon qildi.

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musiqiy albomlari
  • Kozakuluçka (2017)
  • Yüzyıllardır Aynı Dert (2023)
  • Kuyu (2022)
  • Mana (2023)

Musiqalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hep Oturup Bekledim (2017)
  • Çözülmez (2018)
  • Yıldızlar (2019)
  • Güneşe Doğru (2020)
  • Olmayacak İşler (2021)
  • Aşkın Bu Sarhoşluğu (2022)
  • Derde İhanet Edemem (Cihan Mürtezaoğlu bilan birga (2023))

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Arslan, Güliz. „Artık star’lık diye bir şey kalmadı“. Hürriyet. 2017-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
  2. Kavukluoğlu, Suat. „Bu gençler ateş ediyor“. NTV Sanat. 2017-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
  3. „Deniz Tekin Kadıköy Sahne'de“. Karnaval. 2017-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
  4. Akyıldız, Tolga. „İşte internetteki müzik platformlarının yeni fenomenleri:“. Hürriyet Kelebek. 2017-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
  5. „Deniz Tekin İlk Albümünü Çıkardı!“. Wagazin. 2017-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
  6. „Deniz Tekin- Kozakuluçka“. Milliyet Sanat. 2017-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
  7. „Sahnelere 'bayram günü gibi gelen': Kalben“. Hürriyet. 2016-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
  8. „Babylon 24 Nisan haftası programında neler var?“. Milliyet. 2017-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
  9. Akyıldız, Tolga „Kendi yolunu bulmuş bir müzisyen“. Hürriyet. 2018-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-aprel.
  10. „Deniz Tekin Geeva Flava ve Dilan Balkay Birlikteliğinden Yeni EP: Mana“ (en). wannart. Qaraldi: 2023-yil 23-may.
  11. „Yaşlı Amca, nisan ve mayıs aylarındaki tüm konserlerine Deniz Tekin’in katılacağını duyurdu“ (en). Twitter. Qaraldi: 2023-yil 23-may.