Kontent qismiga oʻtish

Defne Ayas

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Defne Ayas
Tavalludi 1976
Lunen
Fuqaroligi Turk, Dutch
Kasbi Kurator,Stedelijk muzeyi kuzatuv kengashi aʼzosi; Rijksakademie; Protokino; Yangi tadqiqot va amaliyot markazi[1].

Defne Ayas (1976-yil) -kurator, oʻqituvchi va noshir. Ayas butun dunyo boʻylab, jumladan, Xitoy, Janubiy Koreya, AQSh, Niderlandiya, Rossiya, Litva va Italiyadagi koʻplab muassasalarni, hamkorlik platformalarini boshqargan. U turli mintaqalarda ko'rgazma va biennale formatlarini oʻylab topishi bilan mashhur boʻlib, har bir misolda tarixiy bogʻlanish va mahalliy sharoitlar bilan bogʻlanishni taʼminlaydigan fanlararo asoslarni tuzadi. 2021-yilning iyunigacha Ayas Natasha Ginvala bilan 2021-yilgi Gvanju Biennalesining badiiy rahbari edi[2].

U Rotterdamdagi Witte de With Zamonaviy sanʼat markazi direktori lavozimida faoliya yuritgan.(2012-2017)[3]. 2017-yilda oʻz faoliyatining oxiriga kelib, u oʻz nomini Gollandiyalik dengiz floti ofitseri Vitte Kornelisson de Vidan ajratish uchun muassasa nomini oʻzgartirishi kerakligini eʼlon qildi. Muassasaning nomini oʻzgartirish haqidagi qarori darhol siyosiylashtirildi va Niderlandiyada bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Ismni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorga Egbert Alejandro Martina, Ramona Sno,Xodan Varsame,Patrisiya Shor,Amal Alxaag va Mariya Guggenbixler tomonidan 2017-yil 14-iyunda eʼlon qilingan Witte de Withga ochiq xat va undan keyingi bahslar sabab boʻldi[4].

Bolaligi va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayas Virginia universitetida Tashqi ishlar va Interaktiv telekommunikatsiyalar yoʻnalishida bakalavr darajasini oldi. De Appelda kuratorlik dasturini ham tamomlagan.

Ayas 2005-yildan boshlab, RoseLee Goldberg tomonidan asos solingan Nyu-Yorkdagi tasviriy sanʼat biennalesida Performa kuratori boʻlib kelgan. Performada Ayas taniqli rassomlar, meʼmorlar va yozuvchilarning xalqaro roʻyxatidagi koʻplab loyihalar va dasturlarni tashkil qiladi; biennalening arxitekturasini, yozish va chop etish dasturlarini hamda konsortsium munosabatlarini nazorat qiladi. U mahoratli kurator boʻlib qolmoqda (2012-yil holatiga koʻra)[5]. 2023-yilda Performa nashrida „Protest and Performance: A Way of Life“ (Keti Noble bilan) taqdimoti boʻlib, unda Gregg Bordovitz va Pamela Sneed, Rana Hamadeh va Goksu Kunakning chiqishlari bor edi. U, shuningdek, AGF, Toni Koks, HxH va Lamin Fofana a.o. bilan Sonic Tonik Assambleyasini ham tashkil qilgan.

Witte de With (2012-2017) da Ayas butun dunyo boʻylab yaratilgan va rivojlanayotgan vizual rassomlar, yozuvchilar va kino ijodkorlariga bagʻishlangan turli koʻrgazma va nashrlar dasturini nazorat qiladi.

Istanbul Biennalesining maslahat kengashi bir ovozdan Ayasni tadbirning 2024-yilgi nashri uchun kurator etib saylaganida, Istanbul madaniyat va sanʼat jamgʻarmasi (İKSV) kengash tavsiyasini rad etdi va uning oʻrniga Ivona Blazvikni tayinladi; Blazvik oʻz tanlovi chogʻida biennale uchun kurator tanlash vazifasi yuklangan maslahat kengashining xizmatchi aʼzosi edi[6]. Jamoatchilik tanqidiga javoban Blazvik 2024- yilning boshida isteʼfoga chiqdi[7].

Oʻqitish tizimi va maruzalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayas Shanxay Nyu-York universitetida zamonaviy sanʼat va yangi media boʻyicha yordamchi professor boʻlib ishladi.(2005-2012) U Nyu-York universitetida faoliyat olib borganda, asosan, tadqiqotlari mahalliy san'at ekologiyasini shakllantirishga qaratilgan boʻlib, siyosiy, tarixiy madaniy almashinuvlar va jamoaviy sanʼat ishlariga eʼtibor qaratgan. Ayas Gavayi universiteti kabi turli universitetlarning doimiy mehmon o'qituvchisi boʻlishda davom etmoqda. Masalan FHNW Sanʼat va Dizayn Akademiyasi qoshidagi Sanʼat instituti, Bazel; UDK Berlin; Bauhaus, Veymar; SVA kuratorlik tadqiqotlari, shuningdek, Tate Modern va Metropolitan muzeyi kabi muzeylarda va Art Bazel, Frieze va Artissima kabi sanʼat yarmarkalarida.

  1. </people/#board-of-directors Board of Directors The New Centre for Research & Practice. Retrieved 15 December 2022
  2. „Gwangju Biennale Appoints Defne Ayas and Natasha Ginwala Artistic Directors of Thirteenth Edition“. www.artforum.com. Qaraldi: 2022-yil 15-dekabr.
  3. Andrew Russeth. „Rotterdam's Witte de With Museum Picks Performa's Defne Ayas as Director“. Observer (2011-yil 14-sentyabr).2012-2017,
  4. „Dutch Art Museum Chooses to Change Its Colonialist Name“. hyperallergic.com (2017-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 24-iyul.
  5. „Performa“. performa-arts.org.
  6. Gareth Harris (19 January 2024), Iwona Blazwick stands down as Istanbul <Biennial curator—event postponed until 2025 The Art Newspaper
  7. Gareth Harris (19 January 2024), Iwona Blazwick stands down as Istanbul Biennial curator—event postponed until 2025 The Art Newspaper