David Ochildiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fayl:Ochildiyev David Yakubayevich(1).jpg
Ochildiyev David Yakubayevich
Ochildiyev David Yoqubovich
Tavalludi 1932
Fargʻona shahri
Vafoti Nyu-York
Istiqomat joylari Fargʻona shahri, Nyu-York
Fuqaroligi fuqaroligi=SSSR bayrogʻi SSSR
Millati yahudiy
Sohasi tarixchi
Ish joylari FDPI
Akademik rahbarlari Professor A.X.Boboxoʻjaev, Professor N. A. Xalfin
Mashhur ishlari

Afgʻon xalqining milliy mustaqillik uchun kurashi va ichki islohotlariga bagʻishlangan ocherklar (1900—1914).Tashkent, 1967.

Mustaqillika erishish arafasida Afgʻonistonning ijtimoiy-siyosiy gʻoyasi. Tashkent, 1972.
Mukofotlari „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“, „Xalq maorifi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni

David Yoqubovich Ochildiyev — Sovet tarixchisi va sharqshunosi, Afgʻonistonning yangi va eng yangi tarixi boʻyicha mutaxassis, tarix fanlari doktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ochildiyev David Yoqubovich — 1932-yil 2-dekabr kuni Fargʻona shahri yahudiy oilasida tavallud topgan. Otasi — Yoqub Sholom Ochildiyev. Uzoq yillar qishloqda Sovet isteʼmol kooperatsiyasi tizimida ishlagan. Onasi — Mazol Manaximovna Yadgarova. David 1951-yilda Fargʻona shahridagi 10-son oʻrta maktabni tamomlagan. 1991-yilda doimiy yashash uchun AQSh davlatiga koʻchib ketgan. Ochildiyev David Yoqubovich 2020-yil 6-may kuni AQShning Nyu-York shahrida 88 yoshida yurak hurujidan vafot etdi[1]. 2020-yil 7-may kuni Nyu-Yorkdagi Kvins shahrining Mount Carmel qabristonida dafn etilgan.

Maʼlumoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1953-yilda Oʻrta Osiyo Davlat universitetining (SAGU) Sharq fakultetiga oʻqishga kirdi va oliygohni 1958-yilda „Sharq mamlakatlari tarixi“ mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan tamomladi.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ochildiyev David Yoqubovich oʻz mehnat faoliyatini 1959-yilning yanvar oyida Fargʻona davlat pedagogika institutida kafedra oʻqituvchisi lavozimida boshladi. Bir yildan keyin u Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoshidagi kunduzgi aspiranturaga kirdi. Aspiranturani tamomlagach, shu institutning Afgʻoniston va Eron fakul’tetiga kichik ilmiy xodim lavozimiga ishga qabul qilindi. U oʻzbek, tojik va rus tillari bilan bir qatorda ingliz, fors va pushtun tillarini yaxshi bilardi. Professor A.X.Boboxoʻjaev rahbarligida „Omonullaxon islohotlari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1963-yil 17-oktyabrda „XX asr boshlarida Afgʻoniston ichki siyosiy va xalqaro ahvolining ayrim masalalari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1967-yilda unga dotsent ilmiy unvoni berildi. 1963-yilda tarix fanlari nomzodi boʻldi. 1964-yilning oʻrtalarida D.Ya.Ochildiyev FDPIga qaytib keldi va umumiy tarix kafedrasining katta oʻqituvchisi lavozimida faoliyat koʻrsata boshladi. 1965-1968-yillarda shu kafedraning mudiri lavozimida mehnat qildi. 1968-1970-yillarda katta ilmiy xodim lavozimiga oʻtkazildi va ikki yil muddatga SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutiga xizmat safariga yuborildi. Bu yerda u doktorlik dissertatsiya ustida ish olib bordi. 1971-yilda D.Ya.Ochildiyev Fargʻona davlat pedagogika instituti umumiy tarix kafedrasining mudiri, 1973-1988-yillarda esa institutning ilmiy ishlar boʻycha prorektori boʻlib ishladi[2]. 1965-1991-yillari Fargʻona davlat pedagogika institutining Xalqaro tarix kafedrasida kafedra mudiri boʻlib faoliyat yuritdi. 1970-1973-yillarda Moskva shahrida SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti doktoranturasini tugatdi. Professor N. A. Xalfin rahbarligida 1974-yilda SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida „Kichik afgʻon harakati“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va tarix fanlari doktorligini oldi.

Unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yirik olim va mohir fan tashkilotchisining barakali ilmiy-pedagogik faoliyati va kadrlar tayyorlashga qoʻshgan hissasi hukumat tomonidan munosib taqdirlandi. Unga 1983-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ unvoni berildi. Ayni vaqtda u Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qator faxriy yorliqlari bilan mukofotlandi, „Xalq maorifi aʼlochisi“ koʻkrak nishonini olishga muyassar boʻldi.

Ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olim 8 ta monografiya, 2 ta risola, 1 ta oʻquv qoʻllanma va 200 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar eʼlon qildi. 17 nafar fan nomzodi va 2 nafar fan doktor shogirdlar chiqargan[3].

Monografiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afgʻon xalqining milliy mustaqillik uchun kurashi va ichki islohotlariga bagʻishlangan ocherklar (1900—1914).Tashkent, 1967. Mustaqillika erishish arafasida Afgʻonistonning ijtimoiy-siyosiy gʻoyasi. Tashkent, 1972. Yosh afgʻon harakati (1900—1929).Tashkent, 1985. Buxoro yahudiylarining tarixi (qadimgi zamondan XIX-asr oʻrtalariga), knigi I-II.Mir Collection, Nyu-York, 2001.-ISBN 1-893552-09-8 A History of the Bukharan Jews by David Ochildiev, 2005, 216 pages. Publisher: Mir Collection Publishing House (September 15, 2005). ISBN 189355225X[4][5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „[:uzДАВИД ЯКУБОВИЧ ОЧИЛДИЕВ[:]“]. 2022-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  2. https://fergana.uz/site/view/news/1575
  3. http://e-library.namdu.uz
  4. https://everipedia.org/wiki/lang_en/David_Ochildiyev[sayt ishlamaydi]
  5. https://alchetron.com/David-Ochildiyev