Dashnobod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dashnobod
Tavsif
Uzunligi 58
Davlat Oʻzbekiston


Dashnobod — Surxondaryo viloyati Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi soy, Toʻpolondaryoning chap irmogʻi. Hisor tizmasining tarmogʻi — Qoldirgʻa togʻining jan.-gʻarbiy yon bagʻridan oqib tushuvchi 60 ga yaqin irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Boshlanishida Sulpasan, yuqori oqimida Obizarang, oʻrta oqimida Labob va quyi oqimida D. deb ataladi. Uzunligi 58 km, havzasining mayd. 330 km2. D. qor-yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 3,67 m-/sek. Tulin suv davri mart — iyunda kuzatiladi, suvining 85— 90% shu oylarda oqib oʻtadi. D.da suv aprelda keskin koʻpayib (oʻrtacha suv sarfi 12,3 m3/sek), okt,—noyabrda kamayadi, baʼzan qurib qoladi. Bahorda koʻpincha sel toshqinlari kuzatiladi va daryo suvi 84,5 m3/sek.gacha ortadi. D.dan Obizarang, Shargʻun, Dashnobod, Soʻfi-yon qishloq ekinzorlari sugʻoriladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil