Daryo sistemasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Daryo sistemasi — muayyan daryo havzasida bir-biriga qoʻshilib boruvchi daryolar majmui. Asosiy daryo va uning 1-tartibli, 2-tartibli va h.k. irmoklardan tashkil topadi. 1-tartibli irmoklar bevosita asosiy daryoga quyiladi, 2-tartibli irmoklar 1-tartibli irmoklarga quyiladi. Yirik daryolarda 20 tagacha tartibli irmoqlar boʻladi. D.s. eng uzun va sersuv boʻlgan asosiy daryo nomi bilan ataladi. Mac, Sirdaryo sistemasi, Volga sistemasi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil