Dankoning alangali yuragi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dankoning alangali yuragi
Asl nomi Горящее сердце Данко
Muallif(lar) Maksim Gorkiy
Tarjimon(lar) A. Rahimiy
Til ruscha
Janr(lar)i afsona
Nashr etilgan sanasi 1895
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1989
Sahifalar soni 20
ISBN ISBN 5-633-00246-6

„Dankoning alangali yuragi“ (ruscha: Горящее сердце Данко) — rus yozuvchisi Maksim Gorkiy qalamiga mansub afsona. Muallif asarni qadimiy bessarab afsonasiga tayanib yozgan. „Dankoning alangali yuragi“ „Larra haqida afsona“ rivoyati hamda Izergil ismli qariyaning hayoti haqidagi hikoya bilan birgalikda „Izergil kampir“ (ruscha: Старуха Изергиль) nomli hikoyaga kiritilgan.

Muallif hikoya va undagi afsonalarni 1894-yil yozgan. Asar ilk bor 1895-yil „Samara gazetasi“da chop etilgan. „Dankoning alangali yuragi“ni oʻzbek tiliga A. Rahimiy tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida 1989-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.[1]

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir qabila vakillari asrlar davomida bir dashtda yashab keladi. Keyin boshqa qabila kelib, mahalliy aholini oʻrmonga quvib yuboradi. Qabila dashtga qayta olmaydi, oʻrmonda esa zaharli botqoqlar kutadi. Birdan Danko ismli odam kelib, qabilani oʻrmon orqali boshqa dashtga olib oʻtishni taklif qiladi.

Yoʻlda qabila aʼzolarining Dankodan jahli chiqib, uni oʻldirmoqchi boʻladilar. Danko esa koʻkragidan alangali yuragini chiqarib, odamlarni dashtga olib boradi, manzilga yetib borganidan keyin halok boʻladi. Uning halok boʻlganini bir odam payqaydi xolos. Oʻsha odam nimadandir hayiqib, Dankoning haliyam yonib turgan yuragini oyoqlari bilan bosadi. Yurak oʻchib qoladi, ammo uning uchqunlari qoladi. Bu uchqunlar dashtda haliyam miltirab turadi.

Oʻzbekcha tarjima[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Dankoning alangali yuragi“ bir necha tilga tarjima qilingan. Asarni oʻzbek tiliga A. Rahimiy tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1989-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Asar rasmlarini G. Li chizgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Danko“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]