Daniya — Ukraina munosabatlari
![]() | |
![]() Daniya |
![]() Ukraina |
Daniya — Ukraina munosabatlari Daniya va Ukraina oʻrtasidagi hozirgi va tarixiy munosabatlarga ishora qiladi. Daniyaning Kiyevda elchixonasi, Ukrainaning Kopengagenda elchixonasi bor. Daniya Ukrainani 1991-yil 31-dekabrda tan oldi va diplomatik munosabatlar 1992-yil 12-fevralda oʻrnatilgan[1].
Daniya Ukrainani Sharqiy hamkorlik dasturiga muvofiq qo‘llab-quvvatlaydi va Ukrainaning turli sektorlarini isloh qilishga hissa qo‘shdi. Daniya Ukraina uchun asosiy hamkor sifatida tilga olinadi[1].
Daniya Yevropa Ittifoqining aʼzosi boʻlib, Ukraina 2022-yilda ariza topshirgan. Har ikki davlat Yevropa Kengashi va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo.
Ilk aloqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
1918-[2] yoki 1919-yil[3] Daniya Ukraina Xalq Respublikasini tan oldi[4].
1919-1991-yillarda Ukraina Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi sifatida Sovet Ittifoqining bir qismi edi. Daniya esa Gʻarbiy blokning aʼzosi boʻlib, NATOning taʼsischi aʼzosi hisoblanadi.
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Daniyaning Yevropa Ittifoqi kengashiga raisligi paytida Daniya Bosh vaziri Anders Fog Rasmussen Ukrainani Yevropa Ittifoqida olqishladi, biroq Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishdan oldin ko‘proq islohotlarga muhtojligini aytdi[5]. 2004-yilda Ukraina bilan aloqalarni mustahkamlash uchun Daniya Ukrainada elchixonasini ochdi[6].
2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin Daniya Ukrainaga harbiy va harbiy boʻlmagan mablagʻlar hisobidan jami 257 million yevrolik yordam koʻrsatdi[7]. Daniya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga aʼzolik nomzodi maqomini qoʻllab-quvvatladi[8].
Yuqori darajadagi tashriflar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Daniya tashqi ishlar vaziri Niels Helveg Petersen 1998-yil sentabr oyida Ukrainaga tashrif buyurdi, tashrif chogʻida ikki davlat moliyaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo protokol imzoladi[9]. 2007-yil mart oyida Ukraina Prezidenti Viktor Yushchenko Daniyaga tashrif buyurdi va Daniya rasmiylari bilan energetika, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida hamkorlik bitimlarini imzolash boʻyicha uchrashuvlar oʻtkazdi[10]. 2011-yil may oyida Ukraina Bosh vaziri Nikolay Azarov valiahd shahzoda Frederikni Ukrainaga taklif qildi[11].

Harbiy hamkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]
= "Shimoliy lochin" operatsiyasi (2009)[tahrir | manbasini tahrirlash]
2009-yil mart oyida Amerika, Daniya va Ukraina harbiy-havo kuchlari Tule aviabazasidan 1,000 kilometr (600 mi) boʻlgan Nord stansiyasiga taxminan 140 000 gallon yoqilgʻi va 17 tonna yuk tashishdi[12]. Ukraina Ilyushin Il-76 bilan yordam berdi[13].
Ukraina Qurolli Kuchlariga yordam (2014-2022)[tahrir | manbasini tahrirlash]
Daniya 2014-yilda Donbasdagi urushdan keyin Ukraina Qurolli kuchlarining NATO yetakchiligidagi salohiyatini oshirish da qatnasha boshlagan. Daniya 2015-yildan keyin Britaniya boshchiligidagi Operation Interflex oʻquv missiyasida xodimlar ofisi, oʻquv guruhlari va tarjimonlar bilan ishtirok etdi. Bundan tashqari, Daniya Qirollik dengiz floti va Daniya qirollik armiyasi askarlari Ukraina askarlarini ham oʻqitdilar[14].
2022-yil yanvar oyida Daniya Rossiya-Ukraina inqirozi davom etayotganligi sababli Ukraina mudofaasini qoʻllab-quvvatlash uchun 164 million Daniya kronasi ajratdi[15].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 „Ukraine and Denmark“. 14-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-yanvar 2022-yil.
- ↑ Dmytro Doroshenko. History of Ukraine, 1917-1923 (2). Indiana University: Hetman Movement Leadership, 1973. 7-iyun 2011-yilda qaraldi. „as early as July, 1918, the Danish government, through its consul in Kyjiv, Mr. Carlsen, initiated the establishment of de facto relations between Denmark and Ukraine.“
- ↑ „Political relations: History of Bilateral relations“. 9-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-iyun 2011-yil.
- ↑ Talmon, Stefan. Recognition of Governments in International Law. Oxford University Press, 1998. ISBN 0-19-826573-5.
- ↑ „Danish prime minister: More reforms needed before Ukraine can join European Union“. Kyivpost (4-iyul 2002-yil). Qaraldi: 7-iyun 2011-yil.
- ↑ „Denmark to strengthen ties with Ukraine, open embassy in Kiev“. Newslibrary / DR (28-dekabr 2004-yil). Qaraldi: 7-iyun 2011-yil.
- ↑ „Danish support for Ukraine“ (en). UM-ENEN. Qaraldi: 24-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Данія готова підтримати надання Україні статусу кандидата на вступ до ЄС“ (uk). www.eurointegration.com.ua. Qaraldi: 24-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Danish foreign minister in Ukraine to open 100m-dollar credit line“. NewsLibrary.com / Ukrainian Television First Programme (9-sentabr 1998-yil). Qaraldi: 7-iyun 2011-yil.
- ↑ „Yushchenko starts official visit to Denmark“. forUm (15-mart 2007-yil). Qaraldi: 7-iyun 2011-yil.
- ↑ „Kronprins Frederik tager til Ukraine“ (da). Helsingør Dagblad (via Ritzau) (17-may 2011-yil). Qaraldi: 7-iyun 2011-yil.
- ↑ „Ukrainians, Danes, Americans resupply remote outpost“. Air Force Space Command (27-mart 2009-yil). Qaraldi: 8-iyun 2011-yil.
- ↑ „Danish-Ukrainian Air Foce Cooperation“. 19-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-iyun 2011-yil.
- ↑ „Forsvarets opgaveløsning i Ukraine“ (da). 2-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Danmark lancerer ny millionstøtte til Ukraine“ (da) (16-yanvar 2022-yil). 25-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-yanvar 2022-yil.