Danielle Turner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Danielle Turner
Turner FA WSL 2 Spring Series kubogi bilan 20-May 2017-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 10-sentyabr 1991-yil (1991-09-10) (32 yosh)
Tavallud joyi Warrington, England
Ampluasi Himoyachi, hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Aston Villa
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007–2014 Everton
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012–2022 Everton 88 (17)
2012–2013Stjarnan (loan) 5 (0)
2022– Aston Villa 0 (0)
Milliy terma jamoa
England Under-19
England Under-23
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2018-yil 6-yanvar uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2018-yil 6-yanvar uchun)

Danielle "Dan" Turner (1991-yil 10 sentyabrda tugʻilgan) - ingliz professional futbolchisi, "Aston Villa" himoyachisi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Danielle Turner futbol mashgʻulotlarini Everton Ladies Excellence Centerda boshladi.[1]

2012-yilda Danielle Turner Islandiyaning Stjarnan klubi ijaraga oldi.[2] Danielle Turner Islandiya klubida 2012-yilgi mavsumda ayollar kubogi va superkubogini qoʻlga kiritgan. 2013-yilda Danielle Turner Styarnanga Islandiya Liga kubogi, Ayollar Ligasi kubogida gʻalaba qozonish va Superkubokda ikkinchi oʻrinni egallashga yordam beradi.[3]

2013-yilgi mavsumda Danielle Turner Everton LFCga qaytadi va muntazam ravishda koʻk-anorranglilar safida maydonga tusha boshlaydi. Uning saʻy-harakatlari tufayli 2014-yil dekabr oyida "Everton" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.[4]

Chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan Danielle Turner shartnoma imzolaganidan beri "koʻk-anorranglilar"ning doimiy oʻyinchisi boʻlib, 2015-yilgi mavsumda karerasida yettita gol urdi.[5]

2016-17-yilgi Angliya kubogining toʻrtinchi bosqichida Danielle Turner jarohat olgan Kirstie Levellni oʻrniga darvozabon tushdi va Durhamga qarshi oʻyinda koʻk-anorranglilarga yordam bera oldi. Gʻalaba va seyvlari Danielle Turnerning eng yaxshi oʻyinchisi unvoniga sazovor boʻlishiga sabab boʻldi.[6]

Danielle Turner "Everton"ning 2017-18-yilgi mavsumda WSL 1 ga qaytishi oldidan jamoa sardori etib tayinlandi va ketayotgan Mishel Hinnigan oʻrniga oʻtdi.[7][8] U klubdagi 15 yillik faoliyatidan so‘ng 2022-yil 24-iyun kuni “Everton”dan ketishini e’lon qildi.[9]

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Danielle Turner Angliyani U-19 va U-23 toifalarida himoya qilgan.[10]

Faxrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Styarnan

  • Ayollar kubogi sohibi (1): 2012-yil
  • Islandiya Superkubogi gʻoliblari (1): 2012-yil
  • Islandiya Superkubogi sohibi (1): 2013-yil
  • Urvalsdeild kvenna Gʻoliblari (1): 2013-yil
  • Islandiya liga kubogi gʻolibi (1): 2013-yil

Everton

  • Ayollar o‘rtasidagi Angliya kubogi sohibi (1): 2013–14
  • FA WSL 2 gʻoliblari (1): 2017

Individual

  • 2016–17 SSE Ayollar Angliya kubogi to‘rtinchi bosqich o‘yinchisi[11]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Danielle Turner | Everton Football Club“ (en). www.evertonfc.com. 2017-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-dekabr.
  2. „Star of the Star receives a player from Everton (Verified)“ (is). fotboli.net (2012-yil 9-may). Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.
  3. „Danielle Turner | Soccerway“ (en). socceerway.com. Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.
  4. „Danielle Turner | Everton Football Club“ (en). www.evertonfc.com. 2017-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-dekabr.
  5. „Danielle Turner | FA WSL“ (en). fawsl.com. Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.
  6. „Everton's Danielle Turner Named SSE Women's FA Cup Player of Round Four“ (en). thefa.com (2017-yil 2-mart). Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.
  7. „Proud to be sponsoring Danielle Turner, Everton Ladies Football Team's new Captain“ (en). GlobalSecuritySystems.com (2017-yil 22-sentyabr). 2021-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.
  8. Emma Sanders. „Everton Ladies are back where we belong declares Danielle Turner“ (en). Liverpool Echo (2017-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.
  9. „Emotional Captain On Blues Exit“. www.evertonfc.com.
  10. „Danielle Turner | Everton Football Club“ (en). www.evertonfc.com. 2017-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-dekabr.
  11. „Everton's Danielle Turner Named SSE Women's FA Cup Player of Round Four“ (en). thefa.com (2017-yil 2-mart). Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.