Kirstie Levell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kirstie Levell
Levell FA WSL 2 Spring Series gʻolibi medali bilan 2017-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 7-yanvar 1997-yil (1997-01-07) (27 yosh)
Tavallud joyi Birkenhead, Merseyside, Angliya
Boʻyi 170 cm
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Leicester City
Raqami 28
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Everton
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2020 Everton 51 (0)
2020- Leicester City 27 (0)
Milliy terma jamoa
2013 Angliya U17 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(4-fevral 2021-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (6-yanvar 2018-yil uchun)

Kirstie Levell (talaffuzi: Kristi Level; 1997-yil 7-yanvarda tugʻilgan)[1] — Angliya ayollar superligasining „Leicester City“ klubi darvozaboni. Angliyani 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 23 yoshgacha himoya qilgan[2][3][4].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Everton[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Everton" yoshlar safida tarbiyalangan Levell 18 yoshida 2015-yilgi FA WSL mavsumida asosiy jamoada debyut qildi. Debyut mavsumida 16 ta oʻyinda maydonga tushdi va „koʻklar“ning asosiy darvozaboniga aylandi. Levell 2017-yil bahorgi seriyasida asosiy darvozabon boʻlgan. „Everton“ WSL 2 chempionligini qoʻlga kiritganida barcha 9 oʻyinda oʻynagan va 7 ta gol oʻtkazib yuborgan. Everton rahbariyati darvozabonlar orasida raqobat muhitini shakllantirish uchun Lizzie Durack bilan shartnoma imzoladi va Levell kam maydonga tusha boshladi[2]. 2019—2020-yilgi mavsumda „Everton“ Finlandiya terma jamoasi aʼzosi Tinja-Riikka Korpela va Angliya yoshlar terma jamoasi aʼzosi Sandy Makiver bilan shartnoma imzoladi va Levellni uchta Liga kubogi oʻyinlari bilan chekladi. 2020-yilning 28-mayida Levell shartnoma muddati tugaganidan keyin „Everton“ni tark etgani tasdiqlandi[5].

Leicester City[tahrir | manbasini tahrirlash]

22-avgust kuni Levell 2020—2021-yilgi mavsum oldidan Angliya ayollar chempionatining „Leicester City“ klubiga oʻtishini eʼlon qildi. Levell 2015-yil sentyabrida vafot etgan akasi xotirasiga 28-raqamli futbolkani tanladi[6].

Levell 2020—2021-yilgi ayollar oʻrtasidagi Angliya chempionatida „Leicester City“ jamoasi bilan birga gʻolib chiqdi[7].

Terma jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Levell 2013-yilgi UEFA 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi chempionatida Angliyani 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida himoya qilgan[2]. Levell, shuningdek, 2014-yilgi UEFA U-19 ayollar chempionatida Angliya U19 va Angliya U23 terma jamoasida oʻynagan[8].

2022-yildan boshlab Levelll Shotlandiyaga terma jamoasiga kirish huquqiga ega edi va uning Football Hub nashriga bergan intervyusida Shotlandiya terma jamoasida oʻynashi u uchun afzalligi haqida taʼkidladi[9].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Everton[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • FA WSL 2 bahorgi seriyasi: 2017-yil

Leicester City[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ayollar oʻrtasidagi Angliya chempionati: 2020—2021

Individual[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • FA Ayollar chempionati Oltin qoʻlqop: 2020—2021 (birgalikda)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kirstie Levell“. Leicester City FC. Qaraldi: 15-noyabr 2020-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Kirstie Levell | Everton Football Club“ (inglizcha). www.evertonfc.com. 17-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-oktabr 2017-yil.
  3. Association. „TheFA.com - Kirstie Levell“ (inglizcha). www.thefa.com. 19-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-oktabr 2017-yil.
  4. uefa.com. „Kirstie Levell – UEFA.com“ (inglizcha). Uefa.com. Qaraldi: 17-oktabr 2017-yil.
  5. „Keeper Levell Departs Everton Women“. www.evertonfc.com.
  6. Sanders. „Kirstie Levell: Leicester City goalkeeper on family heartache & why number 28 is sentimental“. BBC Sport (28-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2020-yil.
  7. Wellon. „Leicester City: Why everyone should know the name Kirstie Levell“ (inglizcha). Her Football Hub (8-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 27-fevral 2022-yil.
  8. „Kirstie Levell – Soccerway Profile“ (inglizcha). Soccerway.com. Qaraldi: 6-yanvar 2018-yil.
  9. „Leicester City's Kirstie Levell talks WSL and Scotland international dream“ (inglizcha). Her Football Hub (2-mart 2022-yil). Qaraldi: 3-mart 2022-yil.