Dan Reynolds

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dan Reynolds

Dan Reynolds, 2014
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Daniel Coulter Reynolds
14-iyul 1987-yil (1987-07-14) (36 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Leybl Interscope
Turmush oʻrtogʻi Aja Volkman
Guruh Imagine dragons
Bolalari 4
Janr rok, R&B
Amplua rok
Hamkorligi
Faoliyat yillari 2008-bugun
Veb-sayt imaginedragonsmusic.com

Daniel Coulter Reynolds (1987-yil 14-iyul)[1] — amerikalik qoʻshiqchi va bastakor. U pop rok guruhi hisoblangan Imagine Dragonsning bosh vokalisti. Reynolds bundan tashqari 2011-yilda Egyptian  guruhi a'zosi sifatida ham ish olib borgan,[2] bu guruhni turmush oʻrtogʻi Aja Volkman bilan tashkil qilgan va Egyptian nomini bergan.[3] U Songwriters Hall of Fame Hal David Starlight Award mukofotini qoʻlga kiritgan.[4][5]

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reynolds Las Vegasda, 9ta farzandning 7-si boʻlib (8 oʻgʻil bola va 1 qiz), huquqshunos va yozuvchi boʻlgan Christene M. (née Callister) va Ronald Reynolds oilasida tugʻilgan.[6] Ota-onasining ikkisi ham Nevadaning tub aholis hisoblanadi, va Reynolds Nevadaliklarning 4- avlodi boʻlgan.[7] U Boy Scout aʼzosi boʻlgan va 2005-yilda Eagle Scout unvonini olgan.[8][9] Reynolds Latter-day Saints nomli cherkov (LDS Church)ning aʼzosi boʻlgan. 19 yoshida Nebraskada 2 yil davomida cherkovda koʻngilli sifatida ishlagan.[10][11][12]

Reynolds „I Bet My Life“ nomli qoʻshigʻini ota-onasi bilan yashagan yillariga bagʻishlab bastalagan.[13] Bonanza yuqori maktabini tamomlaganidan soʻng, Las Vegasdagi Nevada universitetiga (Brigham Young Universiteti uchun cherkov tavsiyanomasini ololmaganidan soʻng) kiradi va LDS missiyasini bajarganidan soʻng BY universitetiga qayta oʻqishini oʻtkizadi, bu yerda u marketing, musiqa va muloqot koʻnikmalarini aʼloga oʻzlashtiradi.[14][15] BYU boʻlgan vaqtlarda, u Imagine Dragons guruhiga asos soladi va toʻliq musiqa yoʻnalishini tanlashiga universitetida oʻtkazilgan musiqiy guruhlar bellashuvida yutkanligi sabab boʻladi.[16]

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imagine Dragons (2008-hozirgacha)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dan Reynolds 2013-yilda Imagine Dragons guruhi tarkibida qoʻshiq kuylamoqda Rock im Park

Reynolds dastlab professional qoʻshiqchi boʻlish fikrida emas edi, buning qisman sababi esa uning boʻlajak guruhdoshi Wayne Sermon bir kuni unga: „Musiqani xohlaganing uchun emas — musiqasiz yashay olmaganliging uchun uni tanlashing kerak“ degan edi.[17] U Brigham Young universitetiga qatnashni boshlaganida, Reynolds tushundiki u musiqadan boshqa hech narsa qila olmasligini angladi. Utahda, Reynolds barabanchi Andrew Tolman uchratdi va Imagina dragonsni tuzishni boshladi.[18] Reynolds asosiy vokalist boʻlgani holda, Imagine Dragons guruhi BYUdagi „Guruhlar bellashuvi“ va boshqa shunga oʻxshash musobaqalarda yutib chiqdilar.[19] Basschi Ben McKee Las Vegasda ularga qoʻshildi Tolman 2011-yilda guruhni tark etgandan keyin Berklee kollejidagi Waynening doʻsti Daniel Platzmanni baraban chalishi uchun guruhga qabul qiladilar. Guruh Las Vegasga koʻchib oʻtadi va deyarli har kuni musiqa ijro etadilar.[20][21]

Egyptian (2010) (Misrlik)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reynolds 2010-yili Nico Veganing ochilish kechasida ishtirok etish uchun taklif qilinadi; va shu yerda u oʻsha guruhning solisti Aja Volkmanni uchratadi. Dan undan yozayotgan demolarini tugatishga yordam berishini soʻraydi.[22][3][23][24] Ikkisi hamkorlikni boshlaydi va keyinchalik Egyptian (Misrlik) den nomlangan guruh tashkil qiladilar.[3] Ular birgalikda musiqa yozdilar va mustaqil ravishda 4ta qoʻshiqni online shaklda ommaga taqdim etadilar. Ular bu qoʻshiqlarini faqat bir martta jonli kuylashgan. [25]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011 5-martda, Reynolds Aja Volkman bilan oila quradi. Ularni 3 ta qizi va 1 oʻgʻli bor. Ularning birinchi qizi 2012-yil 18-avgustda tugʻilgan. 2017-yil 28-martda ularning egizak qizlari tugʻildi. Oʻgʻli esa 2019-yil 10-oktyabrda tugʻilgan.[26][27]

2018-yil 26-aprelda, Reynolds 7 yillik turmushidan soʻng ajrashishini maʼlum qildi.[28] Shunga qaramay, 2018-yil 7-noyabrda, Reynolds „Bad Liar“ qoʻshigʻini premyerasi davomida eʼlon qildiki, U va turmush oʻrtogʻi hech ham ajrashishni boshdan kechirishmaganini va shu qoʻshiqni birgalikda yozishganini va ular yana birga ekanligini aytdi.[29] Ammo yana 2022-yil sentyabrda, Reynolds yana ular ajrashishayotganini eʼlon qildi.[30] Aja Volkman rasmiy ravishda 2023-yil 18-aprelda ajrim uchun hujjat topshirganini eʼlon qildi. Hujjat topshirish ajrashishganini eʼlon qilganidan bir necha oyllar oʻtib topshirilgan.[31]

Reynolds ankylosing spondylitis (artrit) kasalligidan azob chekadi, bu haqda Leeds First Direct Arenada 2015-tildagi Smoke + Mirrors nomli gastrol safarida aytib oʻtadi.[32] In 2016 he partnered with Novartis’s ThisASLife to raise awareness about the severe inflammatory disease.[32] Yana oʻsha yilda, Reynolds bir intervyusida oxirgi 2 yil ichida depressiyada boʻlganini va psixologga qatnayotganini maʼlum qiladi.[33] Bundan tashqari yana 21 yoshidan beri ulcerative colitis (yarali kolit) kasali ham bezovta qiladi.[32] Night Visions albomidagi koʻp qoʻshiqlari depressiyasi natijasida yozilgan. U oʻsha qoʻshiqlari bilan depressiyaga boʻlgan jamiyatning munosabatini oʻzgartirishni va professional yordam izlashni maqsad qilgan. [34] 2018 aprelda, u oʻzining jismoniy va ruxiy qiyinchiliklari haqida ijtimoiy tarmoqlarda yozishni boshladi va oʻz muxlislari va u kabi qiyinchilikka uchragan boshqalar uchun ham qolab quvatlovchi xabarlar ulashdi. [35]

Reynolds ava onasi Christene Paramount+ kompaniyasi tomonidan ishlangan Dave Grohl va uning onasi Virginia Hanlon Grohl mezbonlik qiladigan From Cradle to Stage (beshikdan sahnagacha) koʻrsatuvida ishtirok etishadi. Reynoldslar haqidagi epizod 2021-yil 6-mayda efirga beriladi.[36]

Reynolds Braziliyaning jiu-jitsu sport turi bilan shugʻullanadi va 2023-yil 2-iyulda Jiu-Jitsu boʻyicha jahon musobaqasida oq belbogʻ toifasi boʻyicha qatnashadi va bronza medalini qoʻlga kiritadi.[37]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Imagine Dragons frontman Dan Reynolds tops list of celebrity birthdays for July 14, 2016“. cleveland (2016-yil 14-iyul).
  2. „iTunes - Music - Egyptian - EP by Egyptian“. Itunes.apple.com (2011-yil 18-aprel). Qaraldi: 2014-yil 9-yanvar.
  3. 3,0 3,1 3,2 Darby, Heidi „Imagine Dragons' Dan Reynolds and Nico Vega's Aja Volkman-Reynolds' Weirdly Perfect Romance“. LA Weekly (2012-yil 25-iyul). 2013-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-iyun.
  4. „Imagine Dragons' Dan Reynolds to be Honored With Hal David Starlight Award | News“. BMI.com (2014-yil 16-aprel). Qaraldi: 2015-yil 19-fevral.
  5. Brian Mansfield, Special for USA TODAY. „Songwriters Hall honoring Imagine Dragons' Dan Reynolds“. Usatoday.com (2014-yil 15-aprel). Qaraldi: 2015-yil 19-fevral.
  6. „Marco Callister Obituary: View Marco Callister's Obituary by Las Vegas Review-Journal“. Obits.reviewjournal.com. Qaraldi: 2014-yil 9-yanvar.
  7. „Imagine Dragons Prove "It's Time" With Live Show At The Red Bull Sound Space At KROQ“. Kroq.cbslocal.com (2012-yil 5-aprel). 2012-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-yanvar.
  8. Bryan Wendell. „Imagine Dragons lead singer Dan Reynolds is an Eagle Scout“. Boy Scouts of America (2014-yil 8-aprel). Qaraldi: 2014-yil 31-dekabr.
  9. archive. „Eagle Scout honors received“. Las Vegas Sun News. Qaraldi: 2014-yil 9-yanvar.
  10. „Dan Reynolds: It's Time is a song I wrote at a low point in my life“. Metro. Associated Newspaper Ltd. (2013-yil 5-fevral). Qaraldi: 2013-yil 5-oktyabr.
  11. Tom Lanham. „Imagine Dragons on musical mission“. San Francisco Examiner (2012-yil 4-oktyabr). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-oktyabr.
  12. „Cover Sneak Peek: 5 Reasons Imagine Dragons Aren't Your Typical Rock Stars“ (2015-yil 12-fevral). Qaraldi: 2015-yil 19-fevral.
  13. „Imagine Dragons' Dan Reynolds on I Bet My Life“ (2014-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 19-fevral.
  14. „From Mormon Missionary To LGBTQ Advocate (And International Rock Star)“ (en). NPR. Qaraldi: 2018-yil 7-iyun.
  15. Imagine Dragons' Dan Reynolds on His Guilt as a 'Unique Mormon' - Extended Cut, June 6, 2018, qaraldi: 2018-06-07
  16. „Imagine Dragons comes back to Provo to perform at Velour“. Universe.byu.edu (2015-yil 4-fevral). Qaraldi: 2019-yil 18-yanvar.
  17. „Audio-Files - Imagine Dragons“. BYUtv. 2014-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-yanvar.
  18. „Local band, 'Imagine Dragons' signs with Interscope Records“.
  19. Burger, David „Born in Utah, Imagine Dragons is coming home“ (2013-yil 20-mart). 2016-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-iyul.
  20. „Imagine Dragons Talk New Album 'Smoke + Mirrors' and Las Vegas Beginnings“. Vegasmagazine.com. 2015-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-fevral.
  21. „The Weekly chat: The Killers' Dave Keuning and Imagine Dragons' Wayne Sermon-together“ (2013-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 19-fevral.
  22. [1][sayt ishlamaydi]
  23. „I'll Wait For You by Egyptian @ M Resort in Las Vegas“. YouTube (2011-yil 3-iyul). 2021-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-iyul.
  24. Darby, Heidi „The 11 Feature - Egyptian: A Modern Rock Romance“. Lifeabove11.com. 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-iyul.
  25. „Egyptian (featuring Dan Reynolds and Aja Volkman) Fade“. YouTube (2011-yil 15-noyabr). 2021-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-mart.
  26. Juneau, Jen „Imagine Dragons' Dan Reynolds Welcomes Twin Daughters Gia James and Coco Rae“ (2017-yil 30-mart). Qaraldi: 2018-yil 4-aprel.
  27. Dan Reynolds (@DanReynolds). „Born this morning on October 1st - Valentine Reynolds The name Valentine means "strong". As today marks the 2nd anniversary of our most tragic day in Vegas, it now also represents the day that we celebrate the birth of new life. We are truly feeling #VegasStrong today“ (2019-yil 1-oktyabr).
  28. Dan Reynolds (@DanReynolds). „after 7 beautiful years together, Aja and I's marriage has come to an end. Our children continue to be the most important thing in our lives, & we will continue to co-parent them with all our love.“ (2018-yil 26-aprel).
  29. Atad, Corey „Imagine Dragons' Dan Reynolds Reveals He And Wife Aja Volkman Are 'Dating' Again Following Separation“. ET Canada (2018-yil 7-noyabr). 2019-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-may.
  30. „Imagine Dragons' Dan Reynolds Announces He and Wife Aja Volkman Have Split: 'I Am Saddened'“ (en). Peoplemag. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  31. Bowenbank, Starr „Imagine Dragons Singer Dan Reynolds' Wife Aja Volkman Files for Divorce“ (2023-yil 19-aprel). Qaraldi: 2023-yil 30-iyun.
  32. 32,0 32,1 32,2 Jaworski, Margaret „Imagine Dragons' Dan Reynolds Breaks His Silence About Ankylosing Spondylitis“. Practical Pain Management (2017-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 4-aprel.
  33. Imagine Dragons' Dan Reynolds on His Guilt as a 'Unique Mormon' - Extended Cut (inglizcha), qaraldi: 2019-10-20
  34. Boardman, Madeline „Imagine Dragons' Dan Reynolds Has Been "Depressed As Hell": "I've Lost All My Friends"“. US Weekly (2015-yil 13-fevral). Qaraldi: 2018-yil 4-aprel.
  35. Migdol, Erin „Imagine Dragons Singer Has a 'Trial-and-Error' Process He Uses to Treat His Chronic Illnesses and Pain“. The Mighty (2018-yil 4-aprel). Qaraldi: 2018-yil 4-aprel.
  36. „Dave Grohl (and His Mom!) to Host New Series Spotlighting Famous Musicians and Their Mothers“. People (2021-yil 23-aprel). Qaraldi: 2021-yil 23-aprel.
  37. de Souza, Diogo „Imagine Dragons Lead Singer Dan Reynolds Competes In BJJ Tournament“. Jitsmagazine. Qaraldi: 2023-yil 7-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]