Dalmatsiya orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dalmatsiya orollari - Adriatika dengizidagi arxipelag , Bolqon ya. o. qirgʻoqlari yaqinidagi 1000 dan ortiq katta-kichik (Krk, Brach, Sres, Xvar, Korchula, Vis va b.) orollardan iborat. Mayd. 2500 km2. Xorvatiya tarkibida. D.o. quruklikni dengiz suvi bosishi natijasida vujudga kelgan. D.o. ohaktoshlardan tuzilgan, karst keng tarqalgan. Pasttogʻlar (500–700 m) koʻp. Qish oylarida oʻrtacha t-ra 5°, yozda esa 20—25°. Yillik yogʻin 500–1000 mm, asosan qish va kuzda yogʻadi. D. o.ga Oʻrta dengiz tipidagi oʻsimliklar xos. Togʻ yon bagʻirlarida va vodiylarda uzum, zaytun va sitrus mevalar yetishtiriladi. Qoʻy boqiladi va baliq ovlanadi. Turizm rivojlangan. Kornat va Mlet milliy parklari tashkil etilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil