Daley Sinkgraven
![]() Sinkgraven Ajax safida 2015-yil | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 4-iyul 1995-yil | ||
Tavallud joyi |
Assen, ![]() | ||
Boʻyi | 1.79 m (5 ft 10 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Left-back, Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | 22 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002-2008 | MVV Alcides | ||
2008-2013 | SC Heerenveen | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013-2015 | Heerenveen | 35 | (4) |
2015-2019 | Ajax | 63 | (1) |
2015-2019 | Jong Ajax | 9 | (1) |
2019- | Bayer Leverkusen | 47 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2012 | Netherlands U17 | 3 | (0) |
2012 | Netherlands U18 | 2 | (0) |
2014 | Netherlands U19 | 1 | (0) |
2014-2015 | Netherlands U21 | 5 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (18-may 2022-yil uchun) |
Daley Sinkgraven (1995-yil, 4-iyulda tugʻilgan) — gollandiyalik futbolchi, Bundesliganing Bayer Leverkusen klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Heerenveen[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sinkgraven oʻzining tugʻilgan shahri Meppel shahridan MVV Alcidesda futbol oʻynashni boshlagan. U SC Heerenveen yoshlar akademiyasini tamomlagan. Sinkgraven 2013-14-yilgi mavsumda 17 ta oʻyin oʻtkazdi va shulardan beshtasini asosiy tarkibda maydonga tushdi. U 2014-yilning 18-yanvarida Roda JC Kerkradega qarshi 2-2 hisobidagi durang oʻyinda Hakim Ziyech oʻrniga maydonga tushdi. 2014-yilning 28-martida u shartnomasini 2017-yilning yozigacha uzaytirdi.[1] 2014-yilning 22-noyabrida u Ajaxga safarda 4-1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda avtogol muallifiga aylandi.[2] Sinkgravenning Heerenveendagi ajoyib oʻyinlari koʻplab gigant ingliz klublarining eʼtiborini tortdi. Chelsi, Liverpul va Manchester United oʻsmir Sinkgravenni sotib olishga juda qiziqdi.[3][4]
Ajax[tahrir | manbasini tahrirlash]
2015-yilning 30-yanvarida, SC Heerenveendagi ajoyib oʻyinlaridan soʻng, Sinkgraven 19 yoshida 7 million yevro evaziga Ajaxga oʻtgani eʼlon qilindi va bu uni Miralem Sulaymonidan keyin klubning eng qimmat xaridiga aylantirdi. Heerenveendan Ajaxga oʻtdi.[5] U klub bilan besh yarim yillik shartnoma imzoladi va unga oldin Lerin Duarte kiygan 8-raqamli futbolka berildi, u esa buning evaziga Heerenveenga olti oylik ijaraga yuborildi.[6] U 2015-yilning 5-fevralida Ayaxning asosiy jamoasida AZga 1-0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda debyut qildi.[7]
Sinkgraven Ajaxni 2016-17-yilgi Yevropa ligasi finaliga olib chiqishga yordam berdi va u yerda Manchester Unitedga yutqazdi. Sinkgraven shuningdek, 2018-19-yilgi mavsumda Gollandiya Erediviziyasi chempioni va Gollandiya KNVB kubogini qoʻlga kiritgan Ajax jamoasi safida bor edi. Oʻsha mavsumda Sinkgraven Ajaxga Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqishga yordam berdi va u Tottenhamga yutqazdi, oldingi turlarda Real va Juventusni magʻlub etdi. Sinkgraven Ajaxda koʻp vaqt jarohatlar tufayli toʻsqinlik qilgan. Ajaxdagi toʻrt yarim yillik faoliyati davomida u jarohat tufayli 101 ta oʻyinni oʻtkazib yubordi va jami 738 kun maydonga tusha olmadi jarohati sabab.
Bayer Leverkusen[tahrir | manbasini tahrirlash]
2019-yilning 17-iyunida Sinkgraven Bayer bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi va Ajaxning sobiq bosh murabbiyi Peter Boszga qoʻshildi.[8][9]
Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sinkgraven turli yoshlar darajalarida, xususan, Gollandiya U-21, U-19 jamoalariga chaqiruv olgan. U kattalar terma jamoasiga chaqiruv olgan edi, ammo 2021-yilning iyul oyidan boshlab maydonga tushmadi.
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sinkgraven gollandiyalik futbol murabbiyi Harry Sinkgravenning oʻgʻlidir.[10]
Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Mintaqaviy | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Heerenveen | 2013-14 | Eredivisie | 15 | 0 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | 17 | 0 | |
2014-15 | 20 | 4 | 1 | 0 | — | — | 21 | 4 | ||||
Jami | 35 | 4 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 38 | 4 | ||
Ajax | 2014-15 | Eredivisie | 10 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | — | 14 | 0 | |
2015-16 | 16 | 0 | 2 | 0 | 6 | 0 | — | 24 | 0 | |||
2016-17 | 24 | 1 | 1 | 0 | 7 | 0 | — | 32 | 1 | |||
2017-18 | 4 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 5 | 0 | |||
2018-19 | 9 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | — | 11 | 0 | |||
Jami | 63 | 1 | 4 | 0 | 19 | 0 | 0 | 0 | 86 | 1 | ||
Jong Ajax | 2015-16 | Eerste Divisie | 5 | 1 | — | — | — | 5 | 1 | |||
2017-18 | 4 | 0 | — | — | — | 4 | 0 | |||||
Jami | 9 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 9 | 1 | ||
Bayer Leverkusen | 2019-20 | Bundesliga | 13 | 0 | 2 | 0 | 6 | 0 | — | 21 | 0 | |
2020-21 | 22 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | — | 27 | 0 | |||
2021-22 | 12 | 0 | 2 | 0 | 4 | 0 | — | 18 | 0 | |||
Jami | 47 | 0 | 5 | 0 | 14 | 0 | 0 | 0 | 66 | 0 | ||
Karyera jami | 154 | 6 | 10 | 0 | 33 | 0 | 2 | 0 | 199 | 6 |
Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ajax[13]
- Eredivizion: 2018-19
- KNVB kubogi: 2018-19
- UEFA Yevropa Ligasi ikkinchi oʻrinchisi: 2016-17[14]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Contract Sinkgraven verlengd tot 2017“ (nl). SC Heerenveen (28-mart 2014-yil).
- ↑ „Eerste 'Ajax-goal' Sinkgraven al een feit“ (nl). Ajax Showtime (31-yanvar 2015-yil). 11-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-iyul 2022-yil.
- ↑ „De Boer confirms Ajax interest in Sinkgraven“. football-oranje.com. Football Oranje (4-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 5-may 2020-yil.
- ↑ „Chelsea scout admits Sinkgraven is a target“. football-oranje.com. Football Oranje (18-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 5-may 2020-yil.
- ↑ „Ajax heeft Sinkgraven binnen en laat Duarte vertrekken“ (nl). Voetbalzone.nl (31-yanvar 2015-yil).
- ↑ „Ajax haalt Sinkgraven weg uit Heerenveen“ (nl). Voetbal International (30-yanvar 2015-yil).
- ↑ „Na debuut gaat Sinkgraven liedje Guus Meeuwis zingen“ (nl). AD.nl (5-fevral 2015-yil).
- ↑ „Leverkusen sign Ajax ace Sinkgraven“. France24 (17-iyun 2019-yil).
- ↑ Nicholas McGee. „Sinkgraven signs on at Leverkusen“. Sport Star (17-iyun 2019-yil).
- ↑ Peter McVitie. „On the road to Barcelona - Sinkgraven's Ajax move first step in a great career“. Goal.com (4-fevral 2015-yil). Qaraldi: 24-fevral 2015-yil.
- ↑ „Daley Sinkgraven » Club matches“. WorldFootball.net. Qaraldi: 28-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Daley Sinkgraven profile“. Soccerway.
- ↑ „Daley Sinkgraven - Career Honours“. Soccerway.
- ↑ „2016/17: United win it for Manchester“. UEFA (30-may 2017-yil).
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Voetbal International profili Wayback Machine saytida arxivlandi (2016-01-13). (in Dutch)
- Daley Sinkgraven
- Niderlandiya U17 profili Wayback Machine saytida arxivlandi (2016-03-04). Archived -da arxivlangan OnsOranje da
- Niderlandiya U18 profili Wayback Machine saytida arxivlandi (2015-09-24). Archived -da arxivlangan OnsOranje da
- Niderlandiya U19 profili Wayback Machine saytida arxivlandi (2016-03-04). Archived -da arxivlangan OnsOranje da
- Niderlandiya U21 profili Wayback Machine saytida arxivlandi (2016-03-04). Archived -da arxivlangan OnsOranje da