CubeSat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Ncube-2, Norvegiya CubeSat (10 cm)

CubeSat (Kubset) - bu 10 cm dan iborat shakl faktoriga asoslangan miniatyuralashtirilgan sun'iy yo'ldoshlar sinfiga kiruvchi kubdir.[1] CubeSatlarning massasi 2 kg dan oshmaydi (birlik uchun),[2] va ko'pincha ularning elektronikasi va tuzilishi uchun tijoratdan tashqari (COTS ya'ni sotuvda mavjud bo'lmagan mahsulotlar) komponentlardan foydalaniladi. CubeSatlar orbitaga Xalqaro kosmik stansiyadagi tarqatuvchilar tomonidan qo'yiladi yoki uchirish vositasida ikkilamchi foydali yuk sifatida ishga tushiriladi.[3]2021-yil, avgust holatiga ko'ra 1600 dan ortiq CubeSatlar ishga tushirilgan.[4]

1999-yilda Kaliforniya Politexnika Davlat Universiteti (Kal Poli) professori Jordi Puig-Suari va Stenford universiteti kosmik tizimlarni rivojlantirish laboratoriyasi professori Bob Tviggs CubeSat spetsifikatsiyalarini loyihalash, ishlab chiqarish va sinovdan o'tkazish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni rivojlantirish uchun bir qator ilmiy tadqiqot funktsiyalarini bajaruvchi hamda yangi kosmik texnologiyalarni o'rganuvchi past Yer orbitasiga (LEO) mo'ljallangan kichik sun'iy yo'ldoshlarni ishlab chiqadilar. 2013-yilgacha ishga tushirilgan Cubsetlarning koʻpchiligi Akademiya hisobiga toʻgʻri kelgan, bunda ishga tushirishlarning yarmidan koʻpi akademik boʻlmagan maqsadlarda boʻlib, 2014-yilga kelib esa yangi oʻrnatilgan CubeSatlarning ko'pchiligi tijorat yoki havaskor loyihalar uchun edi.[3]

Yillik ishga tushirilgan va rejalashtirilgan CubeSatlar 2021-yil, avgust[5]
2021-yil avgustida ishga tushirilgan CubeSatlarning umumiy soni[6]

Foydalanishlar odatda Yerni kuzatish yoki havaskor radio kabi maqsadlarga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tajribalarni o'z ichiga oladi. CubeSatlar kichik sun'iy yo'ldoshlar uchun mo'ljallangan yoki shubhali amalga oshirilishi mumkin bo'lgan va kattaroq sun'iy yo'ldoshning narxini oqlashi dargumon kosmik qurilmalar texnologiyalarini namoyish qilish uchun ishlatiladi. Tasdiqlanmagan nazariya bilan ilmiy tajribalar ham CubeSatlar bortida bo'lishi mumkin, chunki ularning arzonligi yuqoridagi muammolarni oqlashi mumkin. Biologik tadqiqotlar uchun ulardan ko'proq foydalanish rejalashtirilgan.[7] Oyga va undan tashqariga bir nechta missiyalar uchun CubeSatlaran foydalanish rejalashtirilmoqda.[8] Chuqur fazodagi birinchi CubeSatlar MarCO missiyasida uchirilgan, u yerda 2018-yil may oyida InSight muvaffaqiyatli missiyasi bilan bir qatorda ikkita CubeSatlar Mars tomon uchirilgan edi.[9]

Ba'zi CubeSatlar universitetlar, davlat yoki xususiy kompaniyalar tomonidan uchiriladigan mamlakatlarning birinchi sun'iy yo'ldoshlariga aylandi. Nanosatellit va CubeSat ma'lumotlar bazasida 1998-yildan beri ishga tushirilgan va ishga tushirilishi rejalashtirilgan 3200 dan ortiq CubeSatlar ro'yxati keltirilgan.[4]

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

CubeSat tuzilishi

Kaliforniya Politexnika Davlat Universiteti professorlari Jordi Puig-Suari va Stenford Universitetidan Bob Tviggs 1999-yilda[10][11] :159magistratura talabalariga birinchi kosmik kemaga o'xshash qobiliyatga ega bo'lgan kosmik kemani loyihalash, qurish, sinovdan o'tkazish va koinotda ishlatish imkonini berish maqsadida Cubesat uchun mos dizaynni taklif qilishdi. CubeSat, dastlab taklif qilinganidek, standart bo'lishi maqsad qilinmagan; balki vaqt o'tishi bilan paydo bo'lish jarayoni sabab standartga aylandi. Birinchi CubeSatlar 2003-yil iyun oyida rus Eurockot da ishga tushirildi va 2012-yilga kelib taxminan 75 dan ortiq CubeSatlar orbitaga chiqarildi.[12]

  1. CubeSat Design Specification Rev. 13, The CubeSat Program, Cal Poly SLO
  2. Cubesat Design Specification (en). San Luis Obispo: Cal Poly SLO, 2020. — 12 bet. 
  3. 3,0 3,1 „CubeSat Database – swartwout“. sites.google.com. Qaraldi: 19-oktabr 2015-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "database" defined multiple times with different content
  4. 4,0 4,1 Kulu. „Nanosatellite & CubeSat Database“. Nanosatellite & CubeSat Database (28-avgust 2020-yil). Qaraldi: 28-avgust 2021-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "auto" defined multiple times with different content
  5. „Nanosatellites by launch years“. nanosats.eu. Qaraldi: 28-avgust 2021-yil.
  6. „Total CubeSats Launched“. nanosats.eu. Qaraldi: 28-avgust 2021-yil.
  7. „Tiny Satellites for Big Science – Astrobiology Magazine“. Astrobiology Magazine (12-iyul 2010-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2015-yil.
  8. „Tiny Cubesats Set to Explore Deep Space“. Space.com. Qaraldi: 20-oktabr 2015-yil.
  9. Stirone, Shannon. „Space Is Very Big. Some of Its New Explorers Will Be Tiny. – The success of NASA's MarCO mission means that so-called cubesats likely will travel to distant reaches of our solar system.“, The New York Times (18-mart 2019-yil). Qaraldi: 18-mart 2019-yil.
  10. Messier, Douglas. „Tiny 'Cubesats' Gaining Bigger Role in Space“, Space.com (22-may 2015-yil). Qaraldi: 23-may 2015-yil.
  11. Small Satellites: Past, Present, and Future Helvajian: . El Segundo, Calif.: Aerospace Press, 2008.. ISBN 978-1-884989-22-3. 
  12. Cubist Movement, Space News (13-avgust 2012-yil), s. 30. „When professors Jordi Puig-Suari of California Polytechnic State University and Bob Twiggs of Stanford University invented the CubeSat, they never imagined that the tiny satellites would be adopted by universities, companies and government agencies around the world. They simply wanted to design a spacecraft with capabilities similar to Sputnik that graduate student could design, build, test and operate. For size, the professors settled on a ten-centimeter cube because it was large enough to accommodate a basic communications payload, solar panels and a battery.“.