Eltuvchi raketa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Eltuvchi raketa — foydali yuklar (Yer sunʼiy yoʻldoshlari, kosmik kemalar, sayyoralararo avtomatik st-yalar, orbital st-ya va boshqalar) ni koinotga eltuvchi koʻp bosqichli (2—5 bosqichli) boshqariladigan raketa. Eltuvchi raketa foydali yukka 1 yoki 2kosmik tezlikka teng boʻlgan tezlik beradi. Uchish davomiyligi 17 min., start massasi 3000 t. Eltuvchi raketalar quyidagi sinflarga boʻlinadi: yengil (5 t.gacha), oʻrta (5—20 t), ogʻir (20—100 t), oʻta ogʻir (100 t dan ortiq). Yengil sinfga "Kosmos", "Skaut", "TorEybl", "Avangard", "ToradDelta", "TorAjena"; oʻrta sinfga — "Vostok", "Soyuz", "TitanZS", "TitanZE", "Saturn1V"; ogʻir sinfga "Proton", oʻta ogʻir sinfga "Saturn5" kiradi. Eltuvchi raketa yonilgʻisining tashkil etuvchilari sifatida suyuq kislorod, kerosin, azot (IV) oksid va nosimmetrik dimetilgidrazin va boshqalar ishlatiladi. Barcha Eltuvchi raketaning massasi kichik va yonilgʻi zaxirasi koʻp (yonilgʻi massasi raketa startoldi massasining 58 — 90% ini tashkil etadi).