Kontent qismiga oʻtish

Chust tabiat yodgorligi

Koordinatalari: 41°9′12.668″N 71°5′53.653″E / 41.15351889°N 71.09823694°E / 41.15351889; 71.09823694
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chust tabiat yodgorligi
41°9′12.668″N 71°5′53.653″E / 41.15351889°N 71.09823694°E / 41.15351889; 71.09823694
MamlakatOʻzbekiston Oʻzbekiston
Yaqinidagi shaharChust
Maydon8,114 ga (81.14 km2; 31.33 kv mi)
Oʻrtacha balandligi760−790 m
Tashkil topgan sanasi1990-yil
Chust tabiat yodgorligi (Oʻzbekiston)

Chust tabiat yodgorligi — Namangan viloyati Chust tumani Olmos massivi hududida joylashgan tabiat yodgorligi hisoblanib[1], uning umumiy yer maydoni 8,114 ga (81.14 km2; 31.33 kv mi) ni tashkil etadi Mazkur hududning janubiy qismi dengiz sathidan 742 metr, shimoliy qismi 779 metr, sharqiy qismi 764 metr hamda gʻarbiy qismi 774 metr balandlikda joylashgan.

Tashkil etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chust tabiat yodgorligini tashkil etish — Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti tashabbusi bilan Namangan hokimiyatining 19-avgust 1990-yildagi 65/5-sonli qaroriga asosan (shuningdek Namangan viloyati soveti ijroiy kometetining) tashkil etilgan. Qishloq xoʻjalik ekinlarini himoya qilish maqsadida entomologiya qoʻriqxonasi va bogʻ hududini tashkil etish maqsadida Chust tumani Lenin nomli kolxoz (hozirgi Olmos) hududidan Chust rayon soveti prizidumining 1990-yil 31-avgustdagi № II-5/15 son qarorida aniqlangan shartlar asosida 959 ga (9.59 km2; 3.70 kv mi) yer maydoni ajratilgan.

Tabiiy yodgorlik maydoni umumiy hisobda 959 ga (9.59 km2; 3.70 kv mi) boʻlib, shundan 2,369 ga (23.69 km2; 9.15 kv mi) suv sharoioti ogʻir boʻlgan ekin yerlari, 1,021 ga (10.21 km2; 3.94 kv mi) qarovsiz qoldirilib samarasiz foydalanilayotgan bogʻzor, 118 ga (1.18 km2; 0.46 kv mi) qismi ariq, 298 ga (2.98 km2; 1.15 kv mi) yoʻllar, 031 ga (0.31 km2; 0.12 kv mi) qurishlish bilan band boʻlgan yerlar oʻrni hamda 4,277 ga (42.77 km2; 16.51 kv mi) hudud qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlarni tashkil etadi. Mazkur hududni tashkil etishdan maqsad-entomologik qoʻriqxona tashkillashtirish hisoblanadi, bu maskan foydali hasharotlar zahirasi boʻlib xizmat qiladi, ularning vegetatsiya davrida koʻchishi paxta, sabzavot va poliz ekinlari shuningdek, bogʻdagi daraxtlarning hosilini oshirish va u yerdagi zararkunandalarga qarshi kurashish maqsadida tashkil etilgan[2]. Hozirgi kunda koʻp tarmoqli „Mahmudobod“ fermer xoʻjaligi bogʻdorchilik va sabzavot yetishtirish yoʻnalishida mazkur hududdan foydalanib kelmoqda.