Chumolilar soʻqmogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Chumolilar soʻqmogʻi
Muallif Gʻozi Rahmon
Janr hikoyalar
Til oʻzbek
Nashriyot „Choʻlpon“
Nashr etilgan 1990
Sahifalar soni 80
ISBN 5-8250-0152-2

„Chumolilar soʻqmogʻi“oʻzbek yozuvchisi Gʻozi Rahmon qalamiga mansub hikoyalar toʻplami. 1990-yil Toshkent shahrida „Choʻlpon“ nashriyotida chop etilgan.[1] Toʻplamga kichik yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan, jonivorlar, parrandalar, oʻsimliklar hamda giyohlar haqidagi hikoyalar hamda badiiy lavhalar kiritilgan. Asar rasmlarini X. Ziyoxonov chizgan.

Asarni nashrga tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Chori Avaz – muharrir, A. Shoalimov – rasmlar muharriri, M. Mirrajabov – texnik muharrir, R. Fayziyev – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.

Manbalar[tahrir]

  1. Chumolilar soʻqmogʻi. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 13.10.2016.