Chju Tin
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Zhu Ting | ||
Tavallud sanasi | 15-iyul 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Dalian, Liaoning, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.78 m (5 ft 10.1 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Raqami | 8 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002-2012 | Dalian Shide | 171 | (26) |
2004 | → Dalian Changbo (Ijara) | 17 | (1) |
2013-2014 | Wuhan Zall | 48 | (6) |
2015-2020 | Dalian Professional | 122 | (2) |
2021 | Qingdao | 14 | (0) |
2022- | Dalian Professional | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2006-2012 | Xitoy | 22 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (31-dekabr 2020-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1-noyabr 2014-yil uchun) |
Chhu Tin (1985-yil 15-iyulda Liaoning, Dalian shahrida tugʻilgan) — xitoylik futbolchi.
Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Futbolchilik faoliyatini 2002-yilda Dalian Shide bilan boshlagan Zhu Ting hech qanday liga oʻyinlarida ishtirok eta olmagan va unga professional faoliyatini ikkinchi divizion jamoasi Dalian Changboda 2004-yilda ijara asosida boshlash imkoniyati berilgan. Zhi oʻn yetti oʻyinda maydonga tushib bitta gol urgan[1]. Keyingi mavsumda Dalianga qaytgan, oʻsha vaqtdagi bosh murabbiy Vladimir Petrovich Zhuga oʻzini koʻrsatish imkoniyatini bergan va bir nechta oʻyinlarda maydonga tushgan[2]. Keyingi mavsumda u oʻzini jamoaning doimiy hujumchisi sifatida koʻrsatgan. 2009-yil iyul oyida ham Zhuni kelajagi borasida aniq takliflar yoʻq edi, Daliandan Prva HNL jamoasi Hadjuk Split Zhuni 120 000 evro evaziga ijaraga olish bo‘yicha shartnomani qabul qilib, kelajakda doimiy shartnoma imzolagani haqida mish-mishlar tarqalgan[3]. Kelishuv hech qachon amalga oshmagan.
Klubda oʻzini hujumchi sifatida koʻrsata olmaganidan soʻng, Zhu 2011-yilgi liga mavsumida murabbiy Nelo Vingada tomonidan oʻng yarim himoyachi ampulasiga oʻtkazilgan. U yangi ampulada ajoyib oʻyin koʻrsatgan va 2012-yilning avgustida Xitoy terma jamoasiga himoyachi sifatida chaqirilgan[4]. 2012-yilgi mavsum oxirida Dalian tarqatib yuborilganidan soʻng, Zhu Xitoy Superligasi jamoasi „Wuhan Zall“ jamosiga oʻtgan.
2015-yil fevral oyida Zhu Xitoyning birinchi ligasi vakili Dalyan Aerbinga oʻtgan[5].
2020-yilda Zhu „Dalian Professional“ning asosiy tarkibidan chetlashtirilgan. U 2021-yilda jamoani tark etib, Qingdao FCga qoʻshilgan[6].
2022-yilda Qingdao tugatilgandan soʻng, Zhu Ting Dalian Pro-ga qaytgan.
Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Zhu xalqaro debyutini 2006-yil 11-oktyabrda 2007-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichida Falastinga qarshi oʻyinda Xitoy terma jamoasi tarkibida debyut qilgan. 2007-yilgi Osiyo Kubogi uchun Xitoy terma jamoasiga chaqirilgan[7]. U 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan[8]. U 2008-yilda terma jamoaga qaytgan va 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida bir nechta oʻyinlarda qatnashgan.
Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Dalian Shide | 2002 | Xitoy Jia-A Ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | - | 0 | 0 | ||
2003 | 0 | 0 | 1 | 1 | - | - | - | 1 | 1 | |||||
Jami | 0 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 | ||
Dalian Changbo | 2004 | Xitoy Birinchi Ligasi | 17 | 1 | 1 | 1 | - | - | - | 18 | 2 | |||
Dalian Shide | 2005 | Xitoy Super Ligasi | 9 | 0 | 6 | 2 | 0 | 0 | - | - | 15 | 2 | ||
2006 | 18 | 8 | 6 | 2 | - | 2 | 0 | 3 | 1 | 29 | 11 | |||
2007 | 23 | 4 | - | - | - | - | 23 | 4 | ||||||
2008 | 23 | 3 | - | - | - | - | 23 | 3 | ||||||
2009 | 21 | 4 | - | - | - | - | 21 | 4 | ||||||
2010 | 28 | 4 | - | - | - | - | 28 | 4 | ||||||
2011 | 27 | 1 | 1 | 0 | - | - | - | 28 | 1 | |||||
2012 | 22 | 2 | 1 | 0 | - | - | - | 23 | 2 | |||||
Jami | 171 | 26 | 14 | 4 | 0 | 0 | 2 | 0 | 3 | 1 | 190 | 31 | ||
Wuhan Zall | 2013 | Xitoy Super Ligasi | 22 | 4 | 1 | 0 | - | - | - | 23 | 4 | |||
2014 | Xitoy Birinchi Ligasi | 26 | 2 | 0 | 0 | - | - | - | 26 | 2 | ||||
Jami | 48 | 6 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 49 | 6 | ||
Dalian Yifang / Dalian Professional |
2015 | Xitoy Birinchi Ligasi | 27 | 0 | 1 | 0 | - | - | - | 28 | 0 | |||
2016 | 30 | 1 | 0 | 0 | - | - | - | 30 | 1 | |||||
2017 | 23 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 23 | 0 | |||||
2018 | Xitoy Super Ligasi | 26 | 1 | 3 | 1 | - | - | - | 29 | 2 | ||||
2019 | 16 | 0 | 3 | 1 | - | - | - | 19 | 1 | |||||
Jami | 122 | 2 | 7 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 129 | 4 | ||
Jami | Xitoy | 358 | 35 | 24 | 8 | 0 | 0 | 2 | 0 | 3 | 1 | 387 | 44 |
Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dalian Shide[9]
- Xitoy Superligasi : 2005-yil
- Xitoy FA kubogi : 2005-yil
Dalian Professional
- Xitoy Birinchi ligasi : 2017[10]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Chju Tin at National-Football-Teams.com
- ↑ „China 2005“. rsssf.com (26-oktyabr 2006-yil). 29-sentyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-sentyabr 2012-yil.
- ↑ „朱挺留洋达成先租后买共识 周三启程赴欧参加试训“. news.xinmin.cn (13-iyul 2009-yil). Qaraldi: 21-sentyabr 2012-yil.
- ↑ „朱挺成文加达阵容主力右后卫 位置改变进国家队“. sports.sina.com.cn (14-avgust 2012-yil). Qaraldi: 21-sentyabr 2012-yil.
- ↑ 阿尔滨第4内援锁定朱挺 at sports.163.com 2015-02-11 Retrieved 2015-02-12
- ↑ „官宣!朱挺加盟青岛队“. qq.com. Qaraldi: 22-aprel 2022-yil.
- ↑ „China PR 2–0 Palestine“. teamchina.freehostia.com (11-oktyabr 2006-yil). Qaraldi: 21-sentyabr 2012-yil.
- ↑ „Olympic Games 2008“. football-lineups.com (13-avgust 2008-yil). Qaraldi: 21-sentyabr 2012-yil.
- ↑ Zhū, Tǐng at National-Football-Teams.com„Zhū, Tǐng“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Retrieved 2012-09-21.
- ↑ „2017中甲联赛积分榜“. Sina (11-mart 2017-yil). Qaraldi: 6-avgust 2019-yil.