Chingiztepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chingiztepa
Muqobil nomlar Chingiztepa
Manzilgoh Xorazm, Oʻzbekiston
Mintaqa Hazorasp
Turi Manzilgoh

Chingiztepa – Xorazm viloyati Hazorasp shahri hududidan 18 km sharqda toshsoqa hududida joylashgan arxeologik yodgorlik. Chingiztepa majmuasi 3 ta arxeologik yodgorlikdan tashkil topgan.

Chingiztepa-1 – boshqa nomi Katta Chingiztepa. Yodgorlik konussimon shaklda qurilgan boʻlib, balandligi 18 metrni tashkil qiladi. Ayrim qismlaridagi balandligi 20 metrgacha boradi. Tepalikning asosi 60 metrni tashkil qiladi. Tepalikdan topilgan buyumlar miloddan avvalgi IV-II asrlarga borib taqaladi. Ayrim turdagi sopol buyumlar esa milodiy XII-XIII asrlarga oid. Topografik jihatdan Xumbuztepa yodgorligi bilan bogʻlangan.

Chingiztepa-2 – yaʼni kichik chingiztepa. Yodgorlik Chingiztepa-1 yodgorligidan 300 metr shimolda joylashgan boʻlib aylanasi 21 metr va balandligi 3.5 metrni tashkil qiladi[1]. Chingiztepa-2 yodgorligidan topilgan buyumlar Chingizxtepa-1 yodgorligidan topilgan buyumlar bilan bir xildir.

Chingiztepa – katta Chingiztepadan 3 km janubi-gʻarbda joylashgan. Yodgorlik qoʻrgʻon shaklida boʻlib, diametri 30 metr va balandligi 3 metrni tashkil qiladi. Hamma yodgorliklar qum va tosh aralshmasidan bunyod etilgan boʻlib, mahalliy aholi orasida bu yodgorlikning paydo boʻlishi Chingizxon bilan bogʻliqligi aytiladi. Mahallaiy aholi Chingizxon oʻz qoʻshinining sonini bilish maqsadida ahr bir askarga kichik bir tosgni bir joyga tashlashni buyuradi va Chingiztepa tepaligi vujudga keladi deydilar. Shu tariqa tepalik 1220-1221 yillarda bunyod etilgan deyiladi[2].

Yaʼna bunday turdagi yodgorlik Surxandaryo viloyati Termiz tumanida ham boʻlib bu yerda Oʻzbek-Fransuz arxeologik ekspeditsiyasi 2023-yilning 4 sentabridan 15 oktabrigacha oʻtkazildi. Tadqiqotchilar Fransiyalik tarixchilar Seligent de Pontbreant, Per Relish, Aliver Bardolar.

Yangiliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „MODDIY MADANIY MEROSNING KOʻCHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY ROʻYXATINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA“gi 2019-yil 4-oktabrdai 846-son qaroriga muvofiq Chingiztepa yodgorligi moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritildi[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]