Chin madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Chin madrasasi
Madrasai Chin, Madrasai Erdona
Manzil Chorsu maydonining gʻarb tomonida
Asoschi Erdonabiy
Asosiy sana:
1760-yil qurilgan
Soʻngi imom {{{Imom}}}

Chin madrasasi (Madrasai Chin, Madrasai Erdona) — Qoʻqon hukmdori Erdonabiy tomonidan 1760-yil Oʻsh shahri ostonasida Chin (Xitoy) bosqinchilari ustidan qozonilgan gʻalaba sharafiga barpo ettirilgan. Qoʻqondagi Chorsu maydonining gʻarb tomonida joylashgan edi. Xon madrasasi turkumiga kirgan. 1815-yilda Amir Umarxon mazkur madrasa eskiganligi tufayli uning oʻrniga „Madrasai Oliy poyon“ madrasasini qurdirgan. BOsh mudarrislikka domla Muhammadjon maxdum Haydar hoji oʻgʻli tayinlangan. Talabalar, mudarrislar, hujralar soni haqida maʼlumot saqlanib qolmagan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Muhammad Yahyoxon Xoʻqandiy. Хўқанди латиф маноқиби (oʻzbekcha), 2018-yil — 58 bet. ISBN 978-9943-1247-8-3. 

.