Chiluchor chashma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chiluchor chashmamezolit davriga oid makon (miloddan avvalgi 8—7ming yilliklar). 40 dan ortiq buloqlarning qoʻshilish joyidan topilgani uchun shu nom bilan atalgan. Tojikistonning Xatlon viloyati, Shahrituz tumani gʻarbida joylashgan. 1953 yilda A.P. Okladnikov oʻrgangan. Topilgan tosh qurollar, asosan, chaqmoqtoshdan yasalgan, ular uchi oʻtkir tosh parrakchalar, toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi mayda tosh qurollar, prizma shaklidagi nukleuslar, qirgʻichlar va boshqa har xil tosh parchalaridan iborat. Chiluchor chashma makonidan topilgan qurollar Kapsa madaniyatiga xos qurollar xiliga kiradi.