Kapsa madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kapsa madaniyati - Shim. Afrika va Oʻrta dengiz mamlakatlari xalqlarining paleolit davri oxiri va mezolit davriga oid arxeologik madaniyati. Tunisdagi Al-Mekta makoni (Gafsa yoki Kapsa) nomidan. K.m.dan chaqmoqtoshdan yasalgan koʻplab qurollar, tuyaqush tuxumi poʻchogʻidan qilingan idish siniqlari topilgan. K.m.ni yaratgan xalklar ovchilik va terimchilik bilan shugʻullangan. Kamon va nayza Shim. Yevropadagiga nisbatan oldinroq paydo boʻlgan. 2—3, hatto 5 m balandlikka yetadigan, baʼzan minglab metr joyni egallab yotgan chigʻanoqlar bilan hayvon suyaklarining birga uchrashi K.m.ning harakterli xususiyatidir. Shim. Afrika va Sharqiy Ispaniya qalʼalaridagi qad. tasvirlarni kapsaliklar yaratgan deb taxmin qilinadi. Oʻrta dengiz mamlakatlarida yashovchi xalklar madaniyatidagi umumiy xususiyatlar shu joylardagi xalqlarning oʻzaro yaqin aloqada boʻlganligini koʻrsatadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil