Chilonzor (qishloq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
qishloq
Chilonzor
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Surxondaryo
Tuman Boysun
Koordinatalari 38°12′N 67°12′E / 38.200°N 67.200°E / 38.200; 67.200Koordinatalari: 38°12′N 67°12′E / 38.200°N 67.200°E / 38.200; 67.200
Vaqt mintaqasi UTC+5
Chilonzor (qishloq) (Oʻzbekiston)
Chilonzor

Chilonzor qishlogʻi — Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi qishloq. Qishloq tuman markazidan 52 kilometr masofada joylashgan.

Qishloqdan uni tumanning boshqa bir qishlogʻi — Xoʻjamayxona bilan bogʻlovchi avtotrassa oʻtgan[1]. Qishloqda davolanish maskani bor.

Maorifi[tahrir]

Maktablari[tahrir]

Chilonzor qishlogʻida 45-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi faoliyat olib boradi[2]. Maktab 320 oʻringa moʻljallangan boʻlib, hozirgi kunda ikki navbatda 605 oʻquvchilarga dars mashgʻulotlari olib borilmoqda. Maktab Boysun tumani hokimligi tomonidan 2007-yil 5-maydagi qarori asosida roʻyxatga olingan. Maktabga Mengli Doʻsimqulov direktorlik qiladi.

Maktab koʻmir va oʻtin bilan isitiladi. Maktabda tibbiy xonalar, tish davolash xonasi, qizlar gigiyena xonasi, yuvinish xonalari mavjud emas.

Maktabning Oʻzbekiston maktablari haqida axborot tizimidagi pasportida yozilishicha, „maktabda keying oʻquv yillarida oʻquvchilar soni oʻsib borayotganligi sababli sinf xonalarning yetishmasligi natijasida uch navbatda dars mashgʻulotlari olib borishga toʻgʻri kelmoqda“[3].

<img src="https://igcdn-photos-b-a.akamaihd.net/hphotos-ak-xfp1/t51.2885-15/e15/11287561_1587105268237185_1132109840_n.jpg">[4]

Manbalar[tahrir]