Kontent qismiga oʻtish

Chillik o‘yini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chillik oʻyini – O‘zbek xalq milliy oʻyini. O‘yin uchun uzunligi bir metr atrofida boʻlgan tayoq "Enasop" va chilligi tayyorlanadi. Chillikning uzunligi 15-20 sm, ikki uchi qalam shaklida yoʻnilgan boʻladi. Bundan maqsad chillik yerda turganda uchiga urib, havoga koʻtarish. Havoga koʻtarilgan chillikni enasop bilan urib, uzoqqa yoʻnaltiriladi. Chillik oʻyini soʻnggi yillarda isteʼmoldan chiqa boshladi. Navro‘z xalq sayllarida eslanib, oʻynalmoqda. "Yongʻoq", „Qumtaka“, „Lanka tepish“, „Happak“, „Quloq choʻzma“, „Tapron“, „Besh tosh“, „Chillik“ kabi milliy oʻyinlar namoyish etildi. [1]


S. N. Tursunov, T. R. Pardayev. Surxondaryo etnografiyasi (oʻquv qoʻllanma).