Chigillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chigillar, Chikil — turkiy qabilalar ittifoqi. 10—11-asrlarda Issiqkoʻlning shim. sharqida va Tatar rnida yashaganlar. Ch. Ili daryosi vodiysida, Qashqar yaqinidagi qishloqlarda va istehkomli kichik Chigil shahri (hozirgi Avliyoota yaqinida)da yashashgan. Turkman oʻgʻuzlar Amudaryodan Xitoygacha boʻlgan hududlarda yashagan barcha turkiy qavmlarni Ch. deb atashgan. Ch. koʻchmanchi hayot kechirib, asosan, chorvalik bilan shugʻullanganlar. taxminan 900 yil Ch. yagʻmolar bilan birga islom diniga kirishgan. Ch.ning bir qismi xristian boʻlgan. Ch. Qarluqlar va yagʻmolar bilan birga Horaxoniylar davlatida muxim rol oʻynashgan, xususan, davlat boshqaruv apparati va qoʻshindagi eng muhim mansablarni ular egallagan. 10—11-asr boshida Ch.ning astasekin oʻtroqlashuv jarayoni sodir boʻlgan. 11-asrning 1yarmida Ch.ning bir qismi Zarafshon vodiysiga koʻchib kelib, mahalliy . aholi bilan aralashib ketgan. Adu: Bartold V. V., Ocherk istorii Semirechya, Sochineniya, t.2, ch. 1, M., 1963; Shoniyozov K., Uzbekxalkiningshakllanish jarayoni, T., 2001.