Kontent qismiga oʻtish

Chechenlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chechen peopledan yoʻnaltirildi)
Chechenlar

(Noxçiy)

Umumiy aholi soni

1,727,800 [1]

Katta aholiga ega mintaqalar
 Rossiya 1,454,000[1]
 Turkiya 113,000[2]
 Qozogʻiston 35,000[3]
 Iroq 12,000[4]
 Misr 6,100 [5]
 Ozarbayjon 5,300[6]
 Iordaniya 5,200[7]
 Suriya 4,200[8]
 Oʻzbekiston 1,700[9]
 Ukraina 2,600[10]
 AQSh 500
 Kanada 100
Tillar
Chechen tili
Dinlar
Islom
Qarindosh etnik guruhlar
ingushlar

Chechenlar (oʻzlarini noxchiy deb atashadi) — asosan, Checheniston va Ingushiyadagi xalq (734,5 ming kishi). Rossiya Federatsiyasida jami — 899 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Chechen tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Ch. qardosh ingushlar kabi Shimoliy Kavkazning tub aholisi hisoblanadi. 7-asr arman manbalarida naxchamatyan nomi bilan qayd etilgan. Ch.ning anʼanaviy mashgʻuloti — pasttekisliklarda dehqonchilik, togʻlarda chorvachilik. Anʼanaviy hunarmandchilik (kulolchilik, qurol yasash, zargarlik) taraqqiy etgan.

Chechenlar — (noxchilar, naxcho), oʻzbek tilida — chechen. Chechen tilida gaplashadilar. Hozirgi kunda Shimoliy Kavkazning katta millatlarining biridir.

Chechenlar — musulmonlar, chechen xalqining urf-odati duch kelgan musulmon xalqlarining dasturiday oʻzgachadir. Eng birinchi dastur — erkinlik. Duch kelgan sharoitda ham chechenlar eng birinchi erkinlik, mustaqillikni istaydilar. Ikkinchi oʻringa chechenlarning joʻmartligin qoʻyishga boʻladi. Ayol kishilarga, qariyalarni juda ham qattiq hurmat qilishadi. Oilaviy urf-odatida oʻgʻil bola otasining qanday boʻlishidan qatʼiy nazar iltimosini bajarishi lozim. Oʻtga tushushga tayyor boʻlishi kerak.

Milliy Xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chechenlarning dasturiy xoʻjaligi — dehqonchilik, chorvachilik, qurulish va savdo. Ming afsuski, hozirgi vaqtda iqtisodining bu sohalari rivojlanishi oqsayapti. Chechenlar ayniqsa qishloq erlarda uy xoʻjaligi bor katta uylarda istiqomat qiladilar. Bu uylar faqatgina oylaviy emas, shu bilan birga mehmon kutadigan joy. Mehmon chechenlar uchun buyukdir. Ularda iqtisodiy va qabilaviy aloqalar yaxshi saqlangan.

Milliy taomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chechenlarning milliy taomlari — goʻsht, sut, koʻkatlar.