Kutikula

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kutikula (lot. cuticula — teri) — 1) epiteliy hujayrasi sirtini qoplab turadigan pishiqqanat. Umurtqasiz hayvonlarda K. gipoderma (bir qanat epiteliy)dan hosil boʻlib, asosan, tayanch va himoya funksiyasini bajaradi. Boʻgʻimoyoqlilar K.si qattiq boʻlib, ularning oʻsishiga xalaqit beradi. Shuning uchun ular tullab (pust tashlab) oʻsadi (qarang Tullash). K. tarkibiga xitin, oqsil, lipid va mineral moddalar kiradi. Xitin va oqsillar K. ning pishiqligini, lipidlar uning suv oʻtkazmasligini taʼminlaydi. K. dastlab yassi chuvalchanglarda paydo boʻlgan. Tangachalar, qalqonlar, tuklar, qillar K.dan vujudga keladi. Umurtqali hayvonlar va odamda K. ichki organlar (ichak, nafas va siydik yoʻllari)ning ichki yuzasini qoplab turadigan epiteliy hujayralari sirtidagi mikrovorsinkalardan iborat; 2)1 oʻsimliklarda — yer usti organlari (barg , poya, ayrim mevalar) sirtini qoplab turadigan yog modda (kutin)dan iborat. Epidermis hujayralarida sintezlangan kutinsirtga chiqib, K. hosil qiladi va qisman hujayra qobigʻi tashqi devoriga ham shimiladi. K. va u shimilgan hujayra qobigʻi kompleksi sellyuloza, pektin, kutin, mum va boshqa moddalardan iborat boʻlib, koʻp qanat hosil qiladi. Kserofitlar K.si ayniqsa yaxshi rivojlangan boʻlib, mum kristallari bilan qoplangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil