Chaqar madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Chaqar madrasasi

Chaqar madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qashqadaryo viloyati
Shahar Qarshi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Amir Haydar
Homiylar Amir Haydar
Asosiy sana:
XVIII asr
Maqomi saqlanib qolmagan

Chaqar madrasasi — Qarshi madrasasi. Chaqar guzarida, Buxoro amiri Amir Haydar XIX asrda masjid yonida ilm toliblari uchun hujralar ham bunyod ettiradi. Buni uning ikkinchi madrasasi desak, mubolagʻa bulmaydi. Ushbu masjidni koʻrganimda uning faqat ayvoni va qishki xonasi saqlanib qolgan edi. Hujralar esa shoʻrolar davrida buzib yuborilgan[1]. Bu yerda hujralar boʻlganini endi faqat quyidagi hujjatlar orqali bilish mumkin: „Sohibim, janobi oliy hukmdorimizning aziz va muborak boshiga bu ojiz bandaning joni sadqa boʻlsin. Chaqar masjidi hujralari mudarrisi va Xoja guzari masjidi imom xatibi mulla Muxtor xoja vafot etdi. Uning mudarrislik va imom xatiblik oʻrni boʻsh qoldi. Mazkur marhumdan taʼlim olgan mulla bu duoguy gʻulomingiz huzuriga keldi va oliy hukmdorimiz haqqiga duo qildi. Bu duoguy gʻulomingiz uning ilmini aniqlash maqsadida „Hidoya“yi sharifning birinchi „Iymon“ kitobidan topshiriq berdim. Mulla Juma yigirma satr qoidaga muvofiq, xatosiz oʻqidi va toʻgʻri tarjima qilib berdi va oliy hukmdorimiz haqqiga duo qildi. Tasadduqingiz boʻlay, mazkur mulla suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtdi. U bechora hol solih, odamdir. Oliy hukmdorimizning xusravona marhamati ila Chaqar masjidi hujralarida mazkur marhumning oʻrniga talabalarga dars oʻtishga munosib koʻrib, fahmi ojiz bu kamtarin banda sizni duo qilgay“ Xoja masjidi hujralariga oid maʼlumotlarda mazkur Muxtor xoja marhum mulla Xojaning oʻrniga imom xatib etib tayinlangan. Xoja masjidi imom xatibi yiliga oʻn ikki mann gʻalla haq olgan. Bu oʻringa mulla Qosim ismli mudarris tayinlangan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jumanazar A. K. Nasaf. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 — 204 bet. 
  2. Ravshanov P. Qarshi tarixi. Toshkent: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2006 — 639 bet.