Kontent qismiga oʻtish

Chagʻillitepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chag`illitepadan yoʻnaltirildi)

Chagʻillitepa – neolit davri makoni (mil. av. 5ming yillik). Joytun madaniyatiga oid yodgorliklardan biri. Turkmanistonning jan.da Kopetdogʻ tof oldi tekisligidagi Meana va Chaacha qishlokdari oraligʻida. 1962— 1963 yillarda tekshirilgan. Chagʻillitepa uchta madaniy qatlamdan iborat, yuqori qatlamda arxeologik materiallar sakdanib qolmagan. Oʻrta va quyi qatlamlarni qazish vaqtida bir xonali uylar va xoʻjalik xonalari ochilgan. Xonalardan rangli sopol idishlar, tosh qurollar (pichoq, qirgʻich, oʻroq va boshqalar) topilgan. Chagʻillitepa aholisi dehqonchilik, chorvachilik va ovchilik bilan shugʻullangan.