Cao Tianbao

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cao Tianbao
曹添堡
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Cao Tianbao
Tavallud sanasi 3-aprel 1982-yil (1982-04-03) (42 yosh)
Tavallud joyi Shenyang, Xitoy
Boʻyi 1.85 m (6 ft 0.8 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Changchun Shenhua
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2014 Changchun Yatai 253 (53)
2001Mianyang F.C. (Ijara) 8 (1)
2011Shenzhen Phoenix (Ijara) 25 (4)
2015 Meizhou Kejia 11 (6)
2016 Shenzhen Renren 18 (6)
2017 Chengdu Qbao 19 (4)
2018—2020 Chengdu Rongcheng 28 (5)
2021—2022 Sichuan Minzu 1 (0)
2022- Changchun Shenhua 0 (0)
Milliy terma jamoa
2009 Xitoy 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(18-may 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1-iyun 2009-yil uchun)

Cao Tianbao (xitoycha: 曹添堡 1982-yil 3-aprelda Shenyang shahrida tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoyning „Changchun Shenhua“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tianbao oʻzining professional futbolchilik faoliyatini 2001-yilda Changchun Yatay bilan ularning yoshlar akademiyasini tugatgandan soʻng boshlagan[1]. U asta-sekin Changchun jamoasida oʻzini namoyon qilgan, ular yuqori divizionga koʻtarilish uchun kurashganlar va oxir-oqibat 2005-yilgi liga mavsumida ligada ikkinchi oʻrinni egallab maqsadlarini amalga oshirishgan[2].

Yuqori divizionda oʻynaganda Cao asosiy tarkibda maydonga kam tushgan, chunki klub Elvis Skottni, keyin esa Giyom Da Zadini klubdagi asosiy hujumchi sifatida jalb qilgan. Cao koʻpincha zaxiradan maydonga tushgan va ajoyib toʻpurar sifatida oʻzini namoyish etgan. Klub bilan 2007-yilgi mavsumda liga chempionligini qoʻlga kiritgan[3].

2015-yil iyul oyida Cao Xitoyning ikkinchi ligasi vakili Meizhou Kejia jamoasiga oʻtgan. Oradan bir mavsum oʻtib 2016-yilning mart oyida Cao Xitoyning ikkinchi liga jamoasi Shenzhen Renren tarkibiga qoʻshilgan.

2017-yil 23-fevralda Cao Chengdu Qbao futbolchisiga aylangan. Yigirma toʻrtta jamoa ichida oʻninchi oʻrinni egallaganiga qaramay, klub 2018-yilgi mavsum oldidan mablagʻ yigʻish mojarosi tufayli Ligadan chiqgan[4]. 2021-yil 26-martda Caoning Chengdu bilan shartnomasi tugagan va u ikkinchi darajali „Sichuan Minzu“ futbol klubiga erkin agent sifatida qoʻshilgan[5].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cao birinchi marta Xitoy terma jamoasiga sobiq ustozi Gao Xongbo tomonidan chaqirilgan, u 2009-yilning 1-iyunida Eronga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Xao terma jamoasida debyut qilgan. Xitoy oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[6].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Changchun Yatai 2001 Xitoy Jia-B Ligasi 0 0 0 0 - - 0 0
2002 0 0 0 0 - - 0 0
2003 26 4 0 0 - - 26 4
2004 Xitoy Birinchi Ligasi 25 8 0 0 - - 25 8
2005 23 8 0 0 - - 23 8
2006 Xitoy Super Ligasi 23 9 0 0 - - 23 9
2007 18 2 - - - 18 2
2008 24 9 - 4 0 - 24 9
2009 27 7 - - - 27 7
2010 11 0 - 5 0 - 16 0
2012 26 3 2 0 - - 28 3
2013 26 1 1 0 - - 27 1
2014 24 2 0 0 - - 24 2
Jami 253 53 3 0 9 0 0 0 265 53
Mianyang F.C. (Ijara) 2001 Xitoy Jia-B Ligasi 8 1 0 0 - - 8 1
Shenzhen Phoenix (Ijara) 2011 Xitoy Birinchi Ligasi 25 4 0 0 - - 25 4
Meizhou Kejia 2015 Xitoy Ikkinchi Ligasi 11 6 0 0 - - 11 6
Shenzhen Renren 2016 18 6 1 0 - - 19 6
Chengdu Qbao 2017 19 4 0 0 - - 19 4
2018 Xitoy Chempionlar Ligasi - - - - - -
2019 Xitoy Ikkinchi Ligasi 27 5 1 0 - - 28 5
2020 Xitoy Birinchi Ligasi 1 0 0 0 - - 1 0
Jami 47 9 1 0 0 0 0 0 48 9
Karyerada jami 362 79 5 0 9 0 0 0 376 79

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Changchun Yatai

  • Xitoy Superligasi : 2007-yil
  • Xitoy Jia-B ligasi: 2003-yil

Meizhou Kejia

  • Xitoy Ikkinchi ligasi : 2015-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „曹添堡“. sports.163.com. Qaraldi: 16-iyul 2012-yil.
  2. „China 2005“. rsssf.com (26-oct 2006-yil). Qaraldi: 16-iyul 2012-yil.
  3. „China 2007“. rsssf.com (18-apr 2008-yil). Qaraldi: 16-iyul 2012-yil.
  4. 从头再来!成都兴城足球俱乐部正式成立 盼5年冲超 sina.com 2018-03-20 Retrieved 2018-06-07
  5. 离队公告丨感谢曹添堡、何杨,成都是你们永远的家 at dongqiudi.net 2021-01-16 Retrieved 2021-05-20
  6. „郜林补射绝杀高家军迎来首胜 中国队1–0胜伊朗“. sports.sohu.com (1-iyun 2009-yil). 19-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2012-yil.