Kontent qismiga oʻtish

Buyuk Xon masjidi

Koordinatalari: 44°44′55.22″N 33°52′55.06″E / 44.7486722°N 33.8819611°E / 44.7486722; 33.8819611
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Buyuk Xon masjidi
qrim tatarcha: Büyük Han Cami, ukraincha: Велика ханська мечеть, turkcha: Büyük Han Camii
Mamlakat  Qrim
Shahar Boqchasaroy
Koordinatalar 44°44′55.22″N 33°52′55.06″E / 44.7486722°N 33.8819611°E / 44.7486722; 33.8819611
Asoschi Sohibgaray I
Asosiy sana:
1532-yil
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 28 metr
Holati Faol

Buyuk Xon masjidi (qrim tatarcha: Büyük Han Cami Buyuk, ukraincha: Велика ханська мечеть, turkcha: Büyük Han Camii) Qrimning Boqchasaroy shahrida joylashgan va Xon saroyining bir qismidir. Bu Qrimdagi eng katta masjidlardan biri boʻlib, Xon saroyi tarkibidagi ilk binolaridan biridir. Masjid 1532-yilda Sohibgaray I tomonidan qurilgan va XVII asrda uning nomi bilan atalgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid shifti tomi bilan qoplangan uch yoʻlakli kvadrat namozxona, sharq va gʻarbga qaragan qismi narteks va portiklardan iborat. Ayvonlar orqali ikkita simmetrik sakkiz burchakli minora koʻtariladi. Ular yigirma sakkiz metr balandlikda boʻlib, konussimon qalpoqlari va finiallari bor. Masjidning shimoliy-sharqiy burchagiga kvadrat shaklidagi gumbazli tahoratxona joylashgan. Sharqiy devorga 1750-yilda Xon Arslon Giray tomonidan qurilgan madrasa tutash boʻlgan, deb taxmin qilinadi. Masjid hududiga shimol tomonga qaragan portal orqali kiriladi. Ichkarida toʻrtta devordan uchtasiga balkon oʻrnatilgan boʻlib, uning bir qismi Xon oilasi uchun ajratilgan. Olimlarning taʼkidlashicha, masjidning tomlari dastlab turli oʻlchamdagi gumbazlar bilan qoplangan[1].

1736-yilda masjid yongʻindan jiddiy zarar koʻrgan va keyinchalik Xon Selameta Giray davrida qayta tiklangan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Tatar Khans’ Palace“. ArchNet. 2012-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-fevral.