Sohibgaray I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sohibgaray I (? 1551, Boqchasaroy) — davlat arbobi. Qozon xoni (152124), Qrim xoni (153251). Garaylar sulolasidan. MengliGarayning oʻgʻli. Onasi — Hyp Sulton noʻgʻay. 1521 yilda S.G. qozonliklar taklifiga koʻra, Qozon xoni boʻlgan. Oʻsha yili ukasi — Qrim xoni Muhammad Garay bilan birgalikda Moskva knyazligiga harbiy yurish qilib, Moskvani egallagan.

Moskva buyuk knyazi Vasiliy III Qrim xoniga har yili oʻlpon toʻlab turish majburiyatini olgan. Biroq, Moskva knyazligi Qozon ustiga harbiy yurish qilishga tayyorgarlik koʻrayotganligi uchun Qozon xonligi bilan Usmonli turk sultonligi oʻrtasida oʻzaro shartnoma tuzilgan. S.G. oʻz oʻrniga akasining oʻgʻli — 13 yoshli jiyani Safo Garayni qoʻyib, 1524 y. bahorda Istanbulga borgan va sultondan harbiy yordam soʻragan. S.G. birmuncha muddat Istanbulda turgan. S.G. Qrim xoni boʻlgach (1532), Qozon xonligi bilan oʻzaro ittifoq tuzgan (1533). Oʻziga qarshi chiqqan Islom Garay bilan kurashgan (1532— 37). Moskva (1541), Quyi Volga (154647) va Shim. Kavkaz (1551)ga harbiy yurishlar uyushtirgan. Saroy fitnasi natijasida oʻldirilgan.