Buxoro davlati Toji ordeni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro davlati Toji ordeni
Mamlakat Buxoro amirligi
Turi Orden
Kimga topshiriladi Buxoro amirligining amaldorlari va rus mansabdorlariga
Kim tomonidan topshiriladi Buxoro amiri
Holati Taqdirlanmaydi
Statistika
Taʼsis sanasi 1886-yil
Birinchi taqdirlash 1886-yil
Oxirgi taqdirlash 1920-yil
Navbat
Kenja mukofot Buxoroi Sharif ordeni

Buxoro davlati Toji ordeni 1886-yilda Buxoroda amir Abdulahadxon tomonidan taʼsis etilgan[1][2].

Orden tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buxoro amirligi ordenlari — Buxoro davlati Toji va Buxoroi Sharif ordenlari (shuningdek, Rossiya imperiyasining 1-darajali Muqaddas Anna va Muqaddas Stanislav ordenlari) taqib olgan Buxoro amirligi qo‘shbegisi, XX asr boshlari

Ordenda arab imlosidagi „Poytaxt Buxoroi Sharif mukofoti“ va amir hukmronligi boshlangan sana yozuvi tushirilgan. Orden toʻliq aksessuarlarga: nishon, yulduz va qizil lentaga ega boʻlganligi sababli qiymati jihatidan oʻzidan oldingi „Buxoroi Sharif“ ordenidan oshib ketdi. Orden romb shaklida boʻlib, katta va kichik olmoslar bilan bezatilgan, medaloni emallangandi. Orden markazi „Buxoro davlati Toji“ yozuvi tushirilgan dumaloq sirlangan koʻk medalon hamda olmoslar bilan bezatilgan toʻrtta halqadan iborat boʻlgan[3].

Orden bilan taqdirlangan Aleksey Evert (chapdan ikkinchisi)

Orden bilan taqdirlanganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amir Abdulahadxon davrida orden bilan mahalliy va rus amaldorlar taqdirlangan[1]. Oxirgi marta orden bilan taqdirlash Buxoro amirligi qulashi paytida, 1920-yilda yuz bergan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „100 великих наград“ (Rus tilida). 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-iyul.
  2. „Знаки отличия Бухарского эмирата“ (rus tilida) (2010-yil 10-oktyabr). 2019-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-iyul.
  3. Abdufarrux Mirzoirov. „НАГРАДЫ БЛАГОРОДНОЙ БУХАРЫ“. 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-iyul.