Buslayev Zaburi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buslayev Zaburi XV asrning soʻnggi choragida qoʻlyozma usulda tayyorlangan Zabur nusxasi[1]. Ilgari XV asrning ikkinchi choragiga doir deb hisoblangan. Qoʻlyozma yuksak darajadagi xattotlik va dizayni bilan ajralib turadi. Rossiya davlat kutubxonasi kolleksiyasida saqlanadi (RSL, f. 304. I, № 308[2]).

Zabur Moskva ustaxonalaridan birida koʻchirilgan, uni kim buyurtma qilgani nomaʼlum. XV asr oxiri — XVI asr boshlaridagi egasining qaydlariga koʻra, Zabur 1506-yilda Qozon yaqinida vafot etgan knyaz Aleksandr Penkovga tegishli boʻlgan. Uning oʻlimidan soʻng, Troitse-Sergiyev monastiri mulkiga aylangan. Qoʻlyozma oʻz nomini uning birinchi tadqiqotchisi Fyodor Buslayev nomidan oldi.

Qoʻlyozma besh nafar anonim kotib tomonidan yozilgan boʻlib, 284 varaqdan iborat. Ulardan ikkitasi asosiy hisoblanadi. Dastlab 1430-yilga oid deb hisoblangan. Qoʻlyozmaning hozirgi sanasiga Ivan Ivanovich Molodoyning Zabur 202-varagʻida qoldirgan qaydi asosdir. U 1485-yilda Buyuk knyaz maqomini olgan va 1490-yilda vafot etgan. Aniqroq sana — 1487-1489-yillar oraligi[1] doir sana yunoncha kolofon boʻyicha kirill raqamlaridan farq qiluvchi yunoncha raqamlarda xatolar bilan belgilangan. Qoʻlyozma Zaburning haqiqiy matniga qoʻshimcha ravishda, unda Injil satrlari, Sinaylik Grigoriy, Nikita Stifat, Buyuk Vasiliy va paterikonlarning yozuvlaridan parchalar mavjud. Ushbu qism qoʻlyozmaning dastlabki 40 sahifasini egallaydi. Zabur satrlaridan soʻng kiitobda Iso Masih, Muqaddas Uch Birlik, Bibi Maryam, bayramlar va qator azizlarga bagʻishlangan marosim satrlari, qonunlar, ibodatlar va individual madhiyalar mavjud. Qoʻlyozma jadvalli taqvimlar bilan tugaydi. Taxminlarga koʻra, Buslayev Zaburida ilgari soatlar kitobi mavjud boʻlib, u oxirgi tikilish paytida olib tashlangan.

Qoʻlyozmani bulgʻor va neo-Vizantiya uslublaridagi 44 ta enli surat va koʻplab bosh harflarbezab turadi (baʼzi hollarda ularda fantastik qushlar va ajdaholar tasvirlari uchraydi). Buslayev Zaburida toʻliq varaqli miniatyuralar yoʻq. Sarlavhalar murakkab yozuvda, baʼzi hollarda sharq xattotligiga taqlid qilingan. Ushbu dekorativ yozuv uslubi baʼzi hollarda maxfiy yozuv boʻlib, u hozirgacha toʻliq oʻrganilmagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Морозов 2004.
  2. „Псалтирь с восследованием“. 2018-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-dekabr.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Borisova T. S., Turilov A. A. Buslaevskaya psaltir // Pravoslavnaya ensiklopediya. — M., 2003. — T. 6. — S. 390—391. — ISBN 5-89572-010-2.
  • Morozov D. A. „Kalligraficheskie zagadki“ Buslaevskoy psaltiri: vzglyad s Vostoka // Rossiya i Xristianskiy Vostok. — M.: Indrik, 2004. — T. 2-3. — S. 82-97.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]