Burak Tozkoparan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Burak Tozkoparan
Tavalludi 14-noyabr 1992-yil (1992-11-14) (31 yosh)
Istanbul, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Taʼlimi Istanbul Okan universiteti
Kasbi Aktyor, musiqachi
Faoliyat yillari 2014—hozirgacha

Burak Tozkoparan (14-noyabr 1992-yilda tugʻilgan) — turk aktyori va musiqachisi.

Hayoti va karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burak Tozkoparan Rizedan laz millatiga mansub oilada tugʻilgan.[1] 2011-yil 2-aprelda Bostanchi Show Markazida oʻtkazilgan 14- Oʻrta maktab musiqa tanlovida „Eng yaxshi barabanchi“ mukofotini qoʻlga kiritgan.[2] Turk Qizil Yarim Oyi Kartal Anadolu Litseyida vakillik qilganidan soʻng Okan Universitetiga kinomatografiya va televideniye fanlari boʻyicha oʻqishga kirgan.[3] Shu bilan birga, u turli guruhlarning aʼzosi hisoblanib musiqachi sifatida oʻz faoliyatini davom ettirgan. U bir muddat Olcayto Ahmet Tugʻsuz kompaniyasida tuzilgan Pervane guruhining barabanchisi boʻlib ish faoliyatini davom ettirgan. Aktyorlik faoliyatidagi birinchi qadamni 2014-yil StarTV da namoyish etilgan „Parmparça“ serialida Ozan Gurpinar roli bilan boshlagan. Birichi filmi 2016-yil 12-fevralda chiqqan Gonench Uyanik rejissyorligidagi „Hisobdagi Aşk“ boʻlgan. U „Kırgʻın Çiçekler“ yoshlar seriali, „Tek Yürek“ sport seriali, „Gençliğim Eyvah“ komediya seriali va „Destan“ seriallaridagi rollari bilan mashhur.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]